Payme taşkil etilganidan to şu kunga qadar öz foydalanuvçilarga turli holatlarda qulay va xavfsiz yeçimlar taklif qilib kelmoqda. Uşbu ilova mobil aloqa va internet uçun tölovdan tortib kreditlarni tölaş, avia va poyezd çiptalarini xarid qiliş, öqiş uçun tölovni amalga oşiriş va boşqa köplab xizmatlarni taqdim etadi.

Payme ilovasi 2016 yil 25 martda işga tuşirilgan. Bugungi kunda Payme bu  ilovaning özidagi 4 600 dan ortiq xizmatlar, tizimga ulangan 73 600 ta hamkor va uşbu xizmatdan doimiy ravişda foydalanadigan millionlab foydalanuvçilardir. Quyida uşbu ilova bilan boğliq sönggi yillardagi muhim voqealar:

1. Payme Mahalla virtual maydonining oçilişi - bu yerda har bir foydalanuvçi atrofdagi hayotni biroz yaxşilaş uçun ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga hissa qöşişi mumkin. Olis viloyatlardagi maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlaş böyiça ikkita topşiriq bajarildi: Qoraqalpoğiston va Namangan viloyati.

2. Özbekistonda tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş loyihasini işga tuşiriş. Payme ayol-tadbirkorlarga öz media-resurslari orqali öz bizneslarini ilgari suriş imkoniyatini sovğa qildi, şuningdek, ular uçun growth.payme.uz platformasini işga tuşirdi.

3. Payme People — kompaniyaning sodiqlik dasturini amalga oşiriş. Unda har bir tranzaksiya uçun ballarni töplaş va ularni vitrinadagi hamkorlarning vauçerlar, çegirmalar va promo-kodlariga almaştiriş, şuningdek, ularni Payme Mahalla loyihasiga xayriya qiliş mumkin.

Şuningdek, 2022 yil aprel oyida kompaniya Britaniyaning The Global Economics moliyaviy naşri tomonidan «Özbekistonda 2022 yilning eng yaxşi raqamli tölov xizmatlari provayderi» deb e’tirof etildi. Mukofot boşqa insonlar hayotini yengillaştirmoqçi bölgan va foydalanuvçilar uçun qulay xizmat yaratişga intilayotgan katta professionallar jamoasining maşaqqatli va jiddiy e’tibor bilan qilingan mehnatining yaqqol körsatkiçidir.

Kompaniyaning yetti yilligi sanasiga yaqinroq Payme ilovasida röyxatdan ötganlar soni 9 milliondan oşdi. Bu xizmatni yaratuvçi va rivojlantiruvçilar uçun haqiqiy sovğa böldi.

«Foydalanuvçilarimiz biz uçun eng yaxşi sovğadir. Biz bilan bölganingiz uçun taşakkur. Biz foydalanuvçilarimizga qulay, işonçli va barqaror xizmat körsatişini ta’minlaş uçun işlaşda davom etamiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Loyiha yangiliklarini kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida kuzatib boriş mumkin.