AQŞ Suriyadagi öz qöşinlarini himoya qiliş uçun barça imkoniyatlarni işga soladi. Bu haqda 24 mart, juma kuni Pentagon öz bazalaridan biriga navbatdagi hujumga javoban ma’lum qildi. Qöşma Ştatlar hujumda Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ga qaraşli harbiylaştirilgan guruhlarni aybladi va mintaqadagi AQŞ kuçlariga tahdid qilinsa, «tegişli javob beriş» huquqini saqlab qolişini bildirdi.
Eron tomonidan qöllab-quvvatlangan guruhlar Amerika bazasiga 10 ta raketa uçirdi, deya ta’kidlab ötdi Mudofaa vazirligi. Buning oqibatida heç kim jabrlanmadi, yerusti inşootlari va jihozlariga zarar yetmadi, dedi AQŞ Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder.
AQŞ prezidenti Jozef Bayden ham voqealarni hisobga olib, öz mamlakati qat’iy harakat qilişga tayyorligini ma’lum qildi. «Qöşma Ştatlar Eron bilan ziddiyatga intilmayapti, ta’kidlayman, lekin biz xalqimizni himoya qiliş uçun qat’iy harakat qilişimizga tayyor turing», dedi Oq uy rahbari Kanadadagi matbuot anjumanida.
Bu oxirgi ikki kun içida Suriyadagi xalqaro koalitsiya obektlariga ikkinçi hujumdir. 23 mart kuni mamlakat şimoli-şarqidagi AQŞning yana bir bazasiga uçuvçisiz uçiş apparati hujum qildi. Natijada bir askar halok böldi, yana olti nafari yaralandi. Pentagon Suriyadagi eronparast guruhlarni hujum uçun javobgar deb hisoblayapti.

















