Özbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajasida belgilaş töğrisida qaror qabul qildi. Oxirgi marta asosiy stavka 2022 yilning 17 mart kuni 14 foizdan 17 foizga kötarilgan edi. Undan keyin 2022 yil davomida ikki marta: iyun oyida 16 foizga, iyul oyi oxirida esa 15 foizga tuşirildi.

Asosiy stavka nima?

Markaziy bank asosiy stavkasi – inflyatsion targetlaş rejimi doirasida pul-kredit siyosatini yuritişning asosiy instrumenti bölib, Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oşiradigan pul-kredit operatsiyalari böyiça möljal foiz stavkasi hisoblanadi. Uşbu stavkani özgartiriş orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlaş uçun zarur bölgan pul-kredit şaroitlarini belgilab boradi.

Asosiy stavkaning vazifasi quyidagilardan iborat:

  • mamlakatdagi inflatsiyani sekinlaştiriş yoki qisman töxtatib turiş;
  • banklarning tadbirkorlar va fuqarolarga beriladigan kreditlar böyiça foiz stavkasining eng kam darajasini belgilaş;
  • Markaziy bankning banklarga ularning qisqa muddatli likvidligini qöllab-quvvatlaş uçun beriladigan qayta moliyalaştiriş krediti qiymatini aniqlaş;

Sodda qilib tuşuntiriladigan bölsa, Markaziy bank belgilangan asosiy stavkadan kelib çiqib, tijorat banklariga kredit beradi. Öz navbatida tijorat banklari olingan pulga öz foizini qöşib jismoniy va yuridik şaxslarga kredit yoki qarz körinişida qayta tarqatadi. Asosiy stavkaning özgarişi öz navbatida tijorat banklari tomonidan fuqarolarga taqdim qilinadigan kreditlar foizlariga ham ta’sir ötkazadi.

Asosiy stavka darajasi Markaziy bank boşqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati şaroitlari, joriy va kutilayotgan inflatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda, agar inflatsiya darajasi kötarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani kötaradi. Agar inflatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi.

“Asosiy stavkaning pasayişi aholi iste’molini rağbatlantiradi”

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi asosiy stavkaning 1 foiz bandga tuşirilişi makroiqtisodiy körsatkiçlarga qanday ta’sir körsatişini tahlil qildi