Özbekistonda saratonni 99 foizgaça davolovçi preparat yaratilgani haqidagi xabarlar haqiqatga zid. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi e’lon qildi.
Qayd qilinişiça, internetda bu haqda tarqalgan xabarda nomi keltirilgan dori radiofarmatsevtik vektorli terapiya vositasi bölib, 2022 yil iyun oyida Özbekistonda röyxatdan ötkazilib, işlab çiqarişga tatbiq etilgan. Preparat tarkibi «lyutetsiy-177» radioizotopi va unga biriktirilgan prostata spetsifik membranali «antigen-617» oqsil moddasidan iborat ekani aytilgan.
SSV xabariga köra, bu dori vositasi radiofarmpreparat sifatida AQŞ, Yevropa va Osiyo davlatlarida faqatgina prostata bezi va neyroendokrin ösmalar diagnostikasi va muolajasida qöllaniladi.
«Xorijiy tajribaga asoslangan holda şuni aytiş mumkinki, uşbu vosita prostata bezi saratonining 4-bosqiçida suyakda metastazalaniş jarayonidagina işlatiladi», dedi Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boş şifokori, tibbiyot fanlari doktori Doniyor Nişonov.
Uning sözlariga köra, bu preparat vaqtinçalik vosita hisoblanadi va bemorlarning hayotini uzaytirişga imkoniyat yaratadi.
SSV ma’lum qilişiça, preparat şu kungaça Özbekistondagi bitta tibbiyot muassasasida faqat 3 nafar bemorda qöllanilgan hamda mutaxassislar fikriga köra, xasta insonlarda ösma öçoqlari (metastazalar) va ularni bezovta qilayotgan oğriqlar sezilarli darajada kamaygan.
Bundan taşqari, har qanday yangi dori vositasi samarasi tasdiqlanişiga qadar turli izlanişlar, örganişlar olib borilişi va samaradorligi töğrisida tegişli xulosalar qilinişi uçun uzoq vaqt talab etiladi.
SSV xabariga köra, dunyoda barça saraton kasalliklarini töliq davolay oladigan universal dori vositasi hozirça mavjud emas.

















