Rossiya Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin Rossiyada Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) faoliyatini taqiqlaşni, unga «yordam va qöllab-quvvatlov uçun» javobgarlikni joriy etişni taklif qildi. Bu haqda Volodin özining Telegram-kanalida 25 mart, şanba kuni yozgan.

U 2002 yilda qabul qilingan AQŞning harbiy xizmatçilarni himoya qiliş töğrisidagi qonunini misol qilib keltirdi, unda heç bir Amerika fuqarosi XJS orderi asosida hibsga olinişi yoki qölga olinişi mumkin emas. Qonun, şuningdek, AQŞga Haagadagi sud qöliga tuşgan har qanday amerikalikni ozod qiliş uçun harbiy kuç işlatişga ruxsat beradi. Uşbu band tufayli Human Righs Watch inson huquqlari taşkiloti uni «Haagaga bostirib kiriş haqidagi qonun» deb atagan. 

Volodin Xalqaro jinoiy sud qarorlari Rossiyada ijro etilmayotganini eslatib, endi «bu işni davom ettiriş töğri» ekanini aytdi. «Mamlakatimiz hududida XJSning har qanday faoliyatini taqiqlovçi qonunçilikka özgartirişlarni işlab çiqiş, şuningdek, XJSni tarğib qiliş va qöllab-quvvatlaş uçun javobgarlikni nazarda tutiş kerak», deb yozadi Davlat dumasi spikeri. Volodin, şuningdek, «döst davlatlar» bilan XJS hamkorligi va unga yordam berişdan voz keçişni nazarda tutuvçi ikki tomonlama şartnomalar tuzişni taklif qildi. 

Bundan taşqari, Rossiya prezidentiga «xalqaro tuzilmalar Rossiya Konstitutsiyasi normalariga zid bölgan qarorlar qabul qilgan taqdirda fuqarolarni himoya qiliş uçun har qanday çoralarni köriş» huquqini beriş kerak, deb hisoblaydi Volodin. 

17 mart kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olişga order berdi. XJS uni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilişga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Kreml Rossiya bu sudning yurisdiksiyasini tan olmasligini eslatib, XJS   qarorini «ğazablantiradigan» deb atadi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi orderning «muhim emas»ligini ma’lum qildi. Putinning özi XJS   qaroriga izoh bermadi. 

Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Putin ustidan sud böladigan bölsa, XJS ştab-kvartirasiga raketa hujumi uyuştiriş bilan tahdid qildi. «Haaga sudi binosi Şimoliy dengizdagi Rossiya kemasidan gipertovuşli taşuvçi yordamida maqsadli nişonga olinişini tasavvur qiliş mumkin. Şunday ekan, sudyalar, osmonga diqqat bilan qaranglar», deb yozadi Medvedev. Putinni order bilan hibsga olişga har qanday uriniş Rossiyaga uruş e’lon qiliş böladi, dedi u.