Kundalik elektron sinf jurnalida baholarni qöyiş tartibiga özgartiriş kiritiladi. Bu haqda Ta’lim nazorati telegram-kanali xabar berdi.
15 apreldan boşlab, öquvçilarning çoraklik va yillik baholarini özgartiriş uçun hududiy maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmalariga rasmiy xat bilan murojaat qiliş şart böladi. Bu haqda maktabgaça va maktab ta’limi vaziri örinbosari Uzoqboy Begimqulov barça boşqarmalarga xat yuborgan.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi özgarişlar nima uçun kiritilayotganiga hozirça izoh bermadi.
Kundalik.com raqamli ta’lim platformasi bölib, öqituvçilar uçun onlayn rejimda darslarni rejalaştiriş, dars işlanmalarini tuziş, öquvçilar davomati va yutuqlarini jurnal hamda kundalik elektron şakllarida yuritiş imkonini beradi.
Kundalik.com tizimi orqali ota-onalar onlayn tarzda farzandlari darsga qatnaşayotgani, darsni qay darajada özlaştirib borayotgani, uy vazifalari töğrisida ma’lumotlarga ega bölişi mumkin.

















