Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan söng Hitler Germaniyasiga qarşi kuraşda ittifoqçi bölgan SSSR va AQŞ örtasidagi keskin raqobat boşlanadi. Har ikki davlat Yevropa va Osiyodagi turli hududlarni öz ta’sir doirasiga oliş uçun jiddiy raqobatlaşa boşlaydi.

Ularning bevosita aralaşuvi bilan Xitoy, Koreya yarimoroli, Hindixitoy va Şarqiy Yevropada turli qurolli mojarolar bölib ötadi. Oxir-oqibat Germaniya va Koreya yarimoroli ikkiga bölinadi. Xitoydagi fuqarolar uruşida SSSRning qöllovi bilan kommunistlarning qöli ustun keladi.

Şundan söng har ikki davlat josuslik öyinlariga zör beradi. KGB AQŞ va Yevropa davlatlaridan, MRB esa SSSRdan öziga josuslar yollay boşlaydi.

Bu raqobatda aksariyat hollarda katta pul, baxtli hayot va’da qilgan MRB ğolib keladi va sovet josuslari Ğarbga qoçib öta boşlaydi. Ayniqsa Stalin ölgaç qoçiş avj oladi. Ungaça şafqatsiz Lavrentiy Beriya bunga yöl qöymagandi.

Stalin vafotidan keyin josuslik bilan boğliq birinçi şov-şuvli mojaro AQŞ elçixonasi xodimi tufayli kelib çiqadi.

1954 yilda AQŞning Moskvadagi elçixonasi xodimi mayor Martin Manhoff SSSRda josuslikda ayblanadi. Mayor diplomat sifatida daxlsizlik maqomiga ega bölgani uçun sovetlar uni mahkamaga tortib, sud qila olmasdi. Şu sababli Manhoff mamlakatdan majburiy tarzda çiqarib yuboriladi.

Foto: .rferl.org

Martin Manhoff kim edi?

Martin Manhoffning tarjimai holi haqida ma’lumotlar juda kam. U 1917 yilda tuğilgan va 2005 yilda vafot etgan. Omma 2016 yilgaça Manhoff haqida heç narsa bilmasdi. Öşa yili uning uyidan SSSRda işlagan paytida olingan fotosuratlar va Stalinning dafn marosimi tasvirlangan rangli video topiladi.

Şundan söng Manhoff haqida butun dunyo xabar topadi va u maşhur bölib ketadi. Ungaça AQŞning SSSRdagi elçixonasi sobiq xodimining hayoti bilan heç kim qiziqmagan. Uning özi ham omma e’tiboridan çetda yaşagan.

Manhoff ikkinçi jahon uruşigaça Vaşington universitetida san’at yönalişi böyiça öqib, bakalavr diplomini oladi.

Uruş boşlangaç u harbiy xizmatga ketadi va AQŞ armiyasi safida Yevropada faşistlar Germaniyasiga qarşi janglarda qatnaşadi. Keyinçalik Manhoff mayor unvonini oladi.