1 iyul kuni Belarusda taktik yadroviy qurollarni saqlaş ombori qurilişi yakunlanadi. Bu haqda 25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 24» telekanali efirida ma’lum qildi. Uning sözlaridan Lenta iqtibos keltirmoqda.
«Belarus ançadan buyon öz hududida yadro qurollarini joylaştirişni söramoqda. Biz Belarusga taktik yadroviy qurollarimizni topşirmaymiz, ammo ularni joylaştiramiz va harbiylarga örgatamiz. Xuddi AQŞ Yevropada şu işni qilayotgani kabi», dedi Putin.
Davlat rahbarining qayd etişiça, Moskva va Minsk u yerda strategik hujum qurollarini yanada qisqartiriş va çeklaş çora-tadbirlari töğrisidagi şartnoma (ŞQQ, ŞQ-III) böyiça majburiyatlarni buzmagan holda taktik yadro qurollari joylaştirilişi haqida kelişib olgan.

















