Hafta ança xavotirli ötgani bilan ajralib turdi. Köpçilik ketma-ket ikki keça röy bergan kuçli zilzilalar sabab bir neça kun xotirjam uxlay olmadi. Orada bir sutka farq bilan ikki marta 5 balli zilzila röy berişi – Özbekiston uçun noyob holat.

Har ikki safar ham Toşkentda köp qavatli uyda yaşovçilarning bir qismi şoşilinç taşqariga çiqdi. Tabiiyki, qörquv va xavotirning kuçli bölişida ötgan oy Turkiya va Suriyada röy bergan vayronkor yer silkinişlarining örni bor.

Baxtimizga, respublika hududida zilziladan jabrlanganlar haqida xabarlar bölmadi. Lekin talafotlar haqida bunday deb bölmaydi. 21 martdagi birinçi yer silkinişidan keyin Favqulodda vaziyatlar vazirligi Özbekiston hududida heç qanaqa köngilsiz hodisa kuzatilmagani, bino-inşootlarga zarar yetmaganini ma’lum qildi. Lekin ikkinçi zilziladan keyin bunaqa bayonot bölmadi.

Ikkinçi kuçli silkiniş 23 martga ötar keçasi kuzatildi. Xuddi şu kuni Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumanida yangi qurilayotgan temiryöl köprigining bir qismi qulab tuşdi. Tuman hokimligining xabarida hodisa sabablari hozirça noma’lum ekani, buni örganiş uçun Toşkentdan mutaxassislar çaqirilgani aytildi. Ma’lumot uçun, köprikning buyurtmaçisi ham, quruvçisi ham – “Özbekiston temir yöllari” kompaniyasi.

Şu kuni zilzila Toşkentda ham kiçik talafot keltirgani haqida internetda tarqalgan xabar rad etildi. Ma’lum bölişiça, Yaşnobod tumanidagi yangi qurilgan köp qavatli uyning fasadi köçib tuşişiga yer silkinişining aloqasi yöq. Fasadning öpirilişi ança avvalroq röy bergan, bu borada uyni qurgan kompaniya va quriliş materialini sotgan firma örtasida sud ham bölib ötgan. Muammo faqat dekorativ xarakterda ekani, binoning mustahkamligiga ta’siri yöqligi aytildi.

Yer silkinişlari kuçi yaxşiroq sezilgan qöşni mamlakatlarda esa aniq talafotlar kuzatildi. 21 martdagi zilzilaning episentri bölgan Afğonistonda va unga tutaş Pokistonda öndan ortiq kişi halok bölgani, önlab uylarga zarar yetgani ma’lum