Prezidentning 23 mart kuni imzolangan qaroriga köra, 2023 yil 1 maydan boşlab ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça qöllanilgan jarimani ixtiyoriy tölaş tizimi yanada soddalaştiriladi. 

ÖzA xabarida aytilişiça, yangi tartibga köra:

  • huquqbuzar unga jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kundan boşlab 15 kun içida jarima miqdorining 50 foizini;
  • 30 kun içida 70 foizini ixtiyoriy ravişda tölagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini tölaşdan ozod qilinadi.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qöllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Eslatib ötamiz, hozirgi (1 maygaça amalda böladigan) tartibga asosan, 15 kun içida tölangan jarimalarga çegirma miqdori 30 foiz deb belgilangan.