Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik kodekslariga ayollar hamda voyaga yetmaganlarni zöravonlikdan himoya qiliş böyiça özgartirişlar töplami qabul qilindi.
Xususan, oiladagi zöravonlik jinoiy huquqbuzarliklar turkumiga ötkazildi, iqtisodiy va psixologik zöravonlik, şuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan zöravonlik uçun jazo kuçaytirildi.
Prezident administratsiyasi Ijro etuvçi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva uşbu özgarişlarni olqişladi.
«Buni fuqarolik jamiyati va faollarning ğalabasi deb bilaman. Soğlom fikr va adolatning ğalabasi. Biz uşbu muvaffaqiyatlar uçun uzoq va maşaqqatli harakatlarni amalga oşirdik, lekin qonunçiligimizda bu kabi özgartirişlar zamon talablariga xos va insonparvarlik uçun öta ahamiyatli ekanligini birgalikda isbotlay oldik.
Oldinda bajarişimiz lozim bölgan işlar juda köp, biroq muvaffaqiyat doimo ilhomlantiradi. Uşbu özgartirişlarni qöllab-quvvatlagan, hujjatlar ustida iş olib borgan va bu ğoyalarni jamiyatimizda tarğib qilgan barçaga minnatdorçilik bildiraman.
Bu nafaqat Özbekiston ayollarining, balki barça tafakkurli, ilğor insonlarning ğalabasi!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

















