Sobiq boş vazir örinbosari, muqaddam «Özavtosanoat»​ va «Özbekiston havo yöllari»​ni boşqargan Uluğbek Röziqulov yana «Özavtosanoat» kompaniyasi boşqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Kompaniya sayti rahbariyatida aynan u yangi rais sifatida körsatilgan.

Uluğbek Röziqulov (1969 yilda tuğilgan) Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvçisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.

Uluğbek Röziqulov muqaddam Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda işlagan, 2015 yildan 2017 yilga qadar boş vazir örinbosari — «Özavtosanoat» boşqaruvi raisi bölgan.

2017 yil avgustida bu lavozimdan ozod etilgan, köp ötmay «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyasiga rahbar etib tayinlangandi.

2018 yil yanvarida Qozoğiston hududida Özbekiston fuqarolari ketayotgan avtobus yonib ketişi ortidan aviakompaniya rahbarligidan olingandi.

  • 2018 yil 18 yanvarida Qozoğistonning Aqtöbe oblasti hududida avtobusda yonğin çiqişi oqibatida Rossiyaga işlaş uçun ketayotgan 52 nafar özbekistonlik halok bölgandi. Öşanda aviaçiptalar qimmatligi ham uşbu fojia sabablaridan biri sifatida körilgandi. Natijada aviaçiptalar narxini arzonlaştiriş böyiça hukumat qarori çiqariladi.

Şundan söng, 2018 yildan buyon Özbekistonning Indoneziyadagi elçisi (2019 yil oktyabridan Vetnamda ham) sifatida işlab kelayotgandi.

Bundan oldinroq «Özavtosanoat»ga 2018 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Şavkat Umrzoqov Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.