Qarşi şahrining sobiq hokimi Jamşid Fozilov 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudining 2023 yil 10 martdagi hukmi bilan Jamşid Fozilov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2–qismi «a» bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 2-qismi «a» bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a» bandi va 229-4-moddasi (yer beriş tartibini buziş) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş)ga asosan 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan», deyiladi xabarda.

Ayni paytda sudlanuvçi tomonidan uşbu hukm ustidan berilgan apellyatsiya şikoyati Qaşqadaryo viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida körib çiqiş uçun rasmiylaştirilmoqda.

  • Ma’lumot uçun, Jamşid Fozilov 2016–2019 yillarda Qarşi şahar hokimi lavozimida işlagan. 2018 yil dekabrida prezidentning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi vaqtida uşbu hokim keskin tanqidga uçragan, 2019 yil oktyabrida esa işdan olingandi.
  • Jamşid Fozilov Qarşi şahri hokimi vazifasida işlagan davrida OAVda bir neça marta tadbirkorlarga nisbatan adolatsiz qarorlari uçun tanqidga uçragandi. Jumladan, u Qarşi şahridagi Markaziy dehqon bozorida «snos» masalalari va Yerqörğon bozorlarida noqonuniy qurilişlar tufayli tanqid qilingandi.