Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantni işdan böşatdi. Bu haqda hukumat rahbari devoni saytida 26 mart, yakşanba kuni keçqurun xabar paydo böldi.

Işdan böşatiş Galant Netanyaxu hukumati tomonidan ilgari surilayotgan sud islohotini oçiq tanqid qilganidan köp ötmay sodir böldi. Qonunçilik taşabbusi mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab böldi, bu namoyişlar bir neça oydan beri davom etmoqda.

25 mart kuni Galant mamlakat hukumatini milliy xavfsizlikni saqlaş maqsadida sud-huquq islohotlarini töxtatişga çaqirdi. «Mamlakat içidagi böliniş Isroil mudofaa kuçlari va mudofaa tuzilmalariga çuqur kirib borgan, bu Isroil xavfsizligiga aniq va jiddiy tahdid. Men bunga yöl qöymayman», dedi öşa paytdagi mudofaa vaziri. The Jerusalem Post naşrining yozişiça, şundan söng Netanyaxu Galantni çaqirgan va şaxsan unga «işonç yöqolgani haqida» aytgan.

Boş vazir özining «Likud» partiyasidagi ayrim tarafdorlari, şuningdek, Isroil hukumatining sobiq rahbari, muxolifat yetakçisi Yair Lapid tomonidan tanqid qilindi. U «milliy xavfsizlik siyosiy öyinda karta böla olmaydi» va Netanyaxu öz qarori bilan «qizil çiziqni kesib ötdi», deya ma’lum qildi.