AQŞ tovar fyuçerslari savdo komissiyasi (CFTC) dunyodagi eng yirik kriptovaluta birjasi Binance va uning boş direktori Çangpeng Çjao ustidan sudga murojaat qildi. CFTC'ning 27 mart, duşanba kuni e’lon qilingan press-relizida ta’kidlanganidek, bunga tovar birjalari töğrisidagi qonunning, şuningdek, regulyator qoidalarining bir neça bor buzilişi sabab bölgan.
Da’voga köra, Binance 2019 yil iyul oyidan beri AQŞ fuqarolariga derivativ savdoni taklif qilmoqda, ammo uning muvofiqlik dasturi samarasiz. Bundan taşqari, kompaniya öz xodimlari va mijozlariga korporativ foydani maksimal darajada oşiriş uçun nazoratni çetlab ötişni tavsiya qilgan, deyiladi hujjatda.
CFTC ma’lumotlariga köra, körib çiqilayotgan davrning aksariyat qismida Binance öz mijozlaridan platformada savdo qilişdan oldin identifikatsiya ma’lumotlarini taqdim etişni talab qilmagan, garçi qonun böyiça fyuçers treyderlari bunday ma’lumotlarni töplaşlari şart. Bundan taşqari, Binance, CFTC ma’lumotlariga köra, terrorizmni moliyalaştiriş va pul yuvişning oldini oliş uçun möljallangan asosiy muvofiqlik tartib-qoidalarini amalga oşirmagan.

















