Jahon | 15:52 / 29.03.2023
3903
2 daqiqa o‘qiladi

AEXA bosh direktori Zaporijjya AESga bordi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi Zaporijjya AESga (ZAES) yetib bordi. Bu haqda Ukrainaning «Energoatom» energetika kompaniyasi Telegram’da xabar berdi. 

Foto: AP

Bu AEXA rahbarining Ukraina va Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasiga u Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan bosib olinganidan beri ikkinchi tashrifidir, deyiladi kompaniya xabarida

Grossi ZAESdagi vaziyat qanday o‘zgarganini baholashni, uni boshqarayotgan yadro sohasi olimlari bilan muloqot qilishni, shuningdek, 2022 yil sentabr oyidan buyon zavodda ishlayotgan AEXA doimiy missiyasi a’zolari rotatsiyasining kafolati bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Bundan oldin Rossiya Ukrainani atom elektr stansiyalariga harbiy texnika joylashtirishda ayblaganidan so‘ng, AEXA Ukrainadagi barcha atom elektr stansiyalarida keng qamrovli tekshiruv o‘tkazib, ularda hech qanday qurol topilmagandi

AEXA rahbari Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, agentlik atom elektr stansiyalaridagi xavfli va noqonuniy xatti-harakatlar bo‘yicha ayblovlarni ikkinchi marta fosh qilmoqda. Birinchi bunday epizod Rossiya Ukrainani «iflos bombalar» tayyorlaganlikda ayblaganida sodir bo‘ldi, deb esladi u. O‘shanda AEXA inspektorlari ham shoshilinch tekshiruv o‘tkazib, «barcha radioaktiv moddalar o‘z o‘rnida va bunday taxminlarga asos yo‘q» degan xulosaga kelishdi.

Kiyev taklifiga ko‘ra, AEXA inspektorlari Ukrainaning barcha beshta atom elektr stansiyalarida, jumladan Chernobilda doimiy bo‘lib, urush vaqtida texnik yordam ko‘rsatyapti. Agentlikning navbatdagi maqsadi Zaporijjya AES atrofida va uning yonida xavfsiz hudud yaratish, dedi Grossi. U bu haqda Ukraina va ZAES hududini egallab olgan Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqda, u bu muloqotni yadroviy xavfsizlik muammosini siyosiy yechimga umid beruvchi ko‘prik deb atadi.

 

Mavzuga oid