Vaşington va Moskva özlarining yadroviy qurollari, jumladan, turli bazalardagi yadroviy kallaklar va bombardimonçi samolyotlar soni töğrisida ma’lumot almaşişni töxtatdilar. Bu haqda 28 mart, seşanba kuni Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengaşining (MXK) strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Amerika tomoni Rossiya ham bu qadamni taşlagan taqdirdagina ma’lumotlar almaşinuvini tiklaşga rozi böladi. Avvalroq, AQŞ mudofaa vazirining kosmik siyosat böyiça yordamçisi Jon Plumb Vakillar palatasi Qurolli kuçlar quyi qömitasining eşituvida AQŞ 27 mart kuni Strategik hujum qurollarini qisqartiriş töğrisidagi (ŞQ-3) şartnomaga muvofiq oy oxiriga rejalaştirilgan yarim yillik ma’lumotlar almaşinuvi böyiça Rossiya bilan boğlanganini aytdi, ammo Moskva «bu ma’lumot taqdim etilmaydi» deb javob bergan. «Şuning uçun diplomatik qarşi çora sifatida Qöşma Ştatlar ham ma’lumot bermaydi», dedi Plumb va Rossiyaning xatti-harakatlarini «mas’uliyatsizlik» deb atadi.
Şu munosabat bilan Davlat departamenti vakili Vedant Patel jurnalistlarga tegişli bayonot berdi. «Rossiya şartnomaga rioya qilmayotgani sababli, Qöşma Ştatlar Rossiyani şartnomaga rioya qilişga qaytişga undaş uçun ikki yilda bir marta ötkaziladigan almaşinuv doirasida Rossiyaga öz ma’lumotlarini taqdim etmaydi», dedi u.


















