Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Soçi va Urgançni töğridan töğri qatnovlar bilan boğladi.
29 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:07 da Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi havo kemasi Soçi-Urganç-Soçi yönalişi böyiça birinçi muntazam yölovçi qatnovini amalga oşirdi. An’anaga köra, bortida 61 yölovçisi bölgan Sukhoi Superjet 95 havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravişda kutib olindi.
Soçidan Urganç xalqaro aeroportiga parvozlar haftada bir marta — çorşanba kunlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
«Azimut» Urgançni Rossiyaning boşqa şaharlari — Moskva va Mineralniye Vodi bilan ham boğlaydi.
2023 yil 27 martdan boşlab Rossiya aviataşuvçisi Mineralniye Vodi — Samarqand — Mineralniye Vodi yönalişi böyiça parvozlar çastotasini oşirdi. Parvozlar haftasiga ikki marta — seşanba va juma kunlari amalga oşiriladi. Ilgari parvozlar faqat seşanba kunlari amalga oşirilar edi.
«Azimut» — Rostov-Don va Krasnodarda joylaşgan Rossiya aviakompaniyasi hisoblanadi.












