Yuridik shaxslar uchun ham gaz va elektr narxi vaqtincha oshmaydigan bo‘ldi
O‘zbekistonda hukumat qarori bilan yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi 15 iyuldan oshishi belgilangan edi. 14 iyul kuni Energetika vazirligi narxlar oshirilishi kechiktirilgani haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida» 2022 yil 30 iyundagi 348-son qarori amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqida qaror imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, avvaliga narxlar maishiy iste’molchilar uchun ham oshirilishi kutilgan, biroq keyinchalik narxlar faqat yuridik shaxslar uchun ko‘tarilishi belgilangandi.
30 iyundagi qarorga ko‘ra, 2022 yil 15 iyuldan boshlab quyidagicha narxlar ko‘zda tutilgan edi (yuqorida aytilganidek, bu narxlarga o‘tish kechiktirildi):
1 kVt soat elektr energiyasi uchun:
-
aholi uchun o‘zgarishsiz, ya’ni – 295 so‘m;
-
NKMK, OKMK va budjet tashkilotlari uchun – 800 so‘m (hozirda 450 so‘m);
-
qolgan yuridik shaxslar uchun – 600 so‘m (hozirda 450 so‘m).
1 kub metr tabiiy gaz uchun:
-
aholi uchun o‘zgarishsiz, ya’ni – 380 so‘m;
-
NKMK, OKMK va budjet tashkilotlari uchun – 1 300 so‘m (hozirda 660 so‘m);
-
avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun – 1 150 so‘m (hozirda 1000 so‘m);
-
issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 000 so‘m (hozirda 660 so‘m);
-
qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 100 so‘m (hozirda 660 so‘m).
Suyultirilgan gaz narxi ham aholi uchun o‘zgarishsiz (1 120 so‘m) qolmoqda.
30 iyundagi qarorda, shuningdek, yuridik shaxslar uchun 2023 yil 1 apreldan kuchga kiradigan yangi narxlar ham belgilab berilgan edi:
Elektr energiyasi bo‘yicha:
-
Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet tashkilotlari uchun – 850 so‘m;
-
qolgan yuridik shaxslar uchun – 700 so‘m.
Tabiiy gaz bo‘yicha:
-
issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 200 so‘m;
-
Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet tashkilotlari uchun – 1 350 so‘m;
-
avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun – 1 350 so‘m;
-
qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 350 so‘m.
Mavzuga oid
13:29
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024
201 ta suyultirilgan gaz ballonini talon-toroj qilish holati aniqlandi
22:19 / 19.12.2024