Statistik idora ma’lumotlariga köra, Germaniyaning bir nafar fuqarosiga nisbatan davlat qarzining umumiy miqdori 28 155 yevroni taşkil qilyapti.

Germaniya Federativ Respublikasining davlat qarzi rekord darajaga yetdi. 2022 yil oxirida federal, yer va munitsipal budjetlar, şuningdek, ijtimoiy suğurta jamğarmalarining qarzi birgalikda qariyb 237 milliard yevroni taşkil etdi, deb xabar berdi 29 mart, çorşanba kuni Visbaden Federal statistika boşqarmasi sönggi yil uçun dastlabki ma’lumotlarni e’lon qilib. Bu 2021 yilgi qarzdan 2 foizga köpdir.

Germaniyaning har bir fuqarosiga töğri keladigan davlat qarzining umumiy miqdori 28 155 yevroni taşkil etyapti, deyiladi idora xabarida. Bir yil oldin u 27 922 yevroga teng edi. 

Federal qarz 2021 yilga nisbatan 4,6 foizga oşdi. Bu, birinçi navbatda, energiya inqirozi va COVID-19 pandemiyasi bilan boğliq holda moliyalaştirişni köpaytiriş zarurati tufayli sodir böldi, deydi statistika xodimlari.

Hududiy yerlar darajasida qarz 5 foizga kamaydi. Ijobiy dinamikani Saksoniya-Anhaltdan taşqari deyarli barça federal yerlar körsatdi. Munitsipal budjetlarning qarzlari ötgan yilga nisbatan 4,4 foizga oşdi.