Ramazon rözasining inson salomatligi uçun foydasi bisyor. Biroq ayrim surunkali xastaliklarga çalingan bemorlarga mutaxassislar röza tutmaslikni tavsiya qiladi, deb yozdi Soğliqni saqlaş vazirligi.

«Bu borada bir neça talablar mavjud. Xususan, ayrim xasta insonlar öz salomatligini yanada oğirlaştirmasligi uçun röza tutmasligi lozim», dedi oliy toifali şifokor Ra’no Nosirova.

Uning sözlariga köra, davolaş imkoni yöq, jarrohlik amaliyoti ötkazilişini talab qiluvçi kasalliklarga ega bemorlar, şuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bu amalni bajariş maqsadga muvofiq emas. Şuningdek, qat’iy taomlanişi şart bölgan kişilar ham röza tutmaydi.

Bundan taşqari, doimiy ravişda dori içişi kerak böladigan yurak-qon tomir, buyrak va jigar xastaliklarining oğir körinişlari hamda qandli diabetda ham uşbu amalni bajariş durust emas.

Qolaversa, oğriq bilan keçadigan va oğriq qoldiruvçi dorilarni muntazam qabul qilişi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham röza tutiş tavsiya etilmaydi.

SSV tavsiyasiga köra, agar bunday bemorlar uşbu ibodatni ado etiş istagida bölsa, eng avvalo, şifokor bilan maslahatlaşişi va uning körsatmalariga qat’iy amal qilişi lozim.

Avvalroq, SSV rözadorlar qanday taomlanişi zarurligi haqida tavsiyalar bergan edi.