XOQ pozitsiyasiga qarshi: World Athletics Rossiya sportchilarini musobaqalarga kiritmaydi
Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (World Athletics, WA) Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasi tavsiyasiga qaramay, Rossiya va Belarus sportchilarining musobaqaga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik pozitsiyasiga amal qiladi.
«WA pozitsiyasi o‘zgarmadi», deya ma’lum qildi assotsiatsiya. «XOQ ta’kidlaganidek, musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaror xalqaro federatsiyalar vakolatiga kiradi», — deyiladi xabarda.
Yevropa yengil atletika assotsiatsiyasi (EAA) bu sportchilarni chetlashtirish qilish tarafdori bo‘lib turibdi. Germaniya yengil atletika assotsiatsiyasi (DLV) ham xuddi shunday yo‘nalishga amal qiladi.
«Xalqaro olimpiya qo‘mitasining rossiyalik va belaruslik sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyalaridan keyin ham biz avvalgi pozitsiyada qolamiz», — dedi DLV boshqaruvi raisi Idriss Gonshchinska.
Uning so‘zlariga ko‘ra, DLV Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan bir paytda Parijda 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan olimpiadada bu ikki davlat sportchilari ishtirok etishini tasavvur qila olmaydi.
28 mart kuni XOQ Ijroiya qo‘mitasi xalqaro federatsiyalarga urushni neytral sportchilar sifatida qo‘llab-quvvatlamagan rossiyalik sportchilarga musobaqalarda qatnashishga ruxsat berishni tavsiya qildi. Musobaqaga kiritish bo‘yicha tavsiya faqat individual sport musobaqalari ishtirokchilariga tegishli.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
11:51
O‘zbekiston va Rossiya bo‘lajak tadbirlar jadvalini muhokama qildi
21:13 / 19.01.2025
Suriyaning yangi hukumati Rossiya, Eron va Isroil tovarlari importini taqiqladi
12:03 / 18.01.2025
Rossiyaning Kriviy Rigga zarbasi: to‘rt kishi halok bo‘ldi, yetti kishi yaralandi
09:55 / 18.01.2025