Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Si Jinping bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Foto: AP
Ukraina prezidenti Xitoy rahbari bilan bir yildan ortiq vaqt davomida aloqa o‘rnatmaganiga ishora qildi. Fevral oyi oxirida Pekin Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha takliflarni taqdim etgan edi.
Volodimir Zelenskiy Ukrainada Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi. «Biz uni shu yerda ko‘rishga tayyormiz. Men u bilan gaplashmoqchiman», dedi Ukraina prezidenti 29 mart, chorshanba kuni chop etilgan Associated Press agentligiga bergan intervyusida. Uning qo‘shimcha qilishicha, u Xitoy rahbari bilan bir yildan ortiq vaqt davomida aloqada bo‘lmagan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina rahbari allaqachon Si Jinpingga taklifnoma yuborgan.
25 mart kuni Zelenskiy Yaponiyaning The Yomiuri Shimbun nashriga bergan intervyusida Xitoyning muzokara o‘tkazish bo‘yicha taklifini olmaganini aytdi. Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, u avvalroq diplomatik kanallar orqali Xitoy rahbari bilan gaplashish istagini bildirgan.
14 mart kuni The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib, Si Jinping Moskvaga safari ortidan Volodimir Zelenskiy bilan onlayn muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
Xitoy rahbari 20-22 mart kunlari Rossiyada bo‘ldi. Tashrif yakunlari bo‘yicha Si Jinping va Vladimir Putin ikkita qo‘shma bayonotni imzoladilar – «Rossiya va Xitoy o‘rtasida har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikni chuqurlashtirish, yangi davrga kirish to‘g‘risida» va «Rossiya-Xitoyning 2030 yilgacha iqtisodiy hamkorligi asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish rejasi to‘g‘risida».
Mavzuga oid
09:33
Zelenskiy va Uitkoff 15 dekabrda Germaniyada muzokaralarni davom ettiradi
08:31
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik
20:30 / 14.12.2025
AQSh Kiyevning tinchlik rejasi bo‘yicha yangi takliflariga javob qaytarmadi – Zelenskiy
20:23 / 14.12.2025