2022 yil oxiridagi statistik ma’lumotlarga köra, Germaniyada himoya sörab röyxatga olingan xorijliklarning uçdan bir qismi ukrainaliklardir.
Germaniyada himoya sörab röyxatga olingan çet el fuqarolari soni 2022 yilda 1,14 millionga oşib, rekord darajadagi 3,08 millionga yetdi. Bu haqda 30 mart, payşanba kuni Visbadendagi Federal statistika boşqarmasi ma’lumot berdi.
Ta’kidlanişiça, uşbu sohadagi bunday sezilarli ösiş - 2007 yilda bunday statistik ma’lumotlar boşlanganidan beri eng kattasi - Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi bilan boğliq. Federal statistika boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Germaniyada himoyaga muhtoj 1,01 million ukrainalik röyxatga olingan. Byurokratik tartib-qoidalarga yöl qöymaslik uçun ular, dunyoning boşqa mamlakatlari fuqarolaridan farqli ölaroq, Germaniyadan boşpana söraş uçun rasmiy ariza topşirişlari va qoçqin maqomi berilişini kutişlari şart emas.
Germaniyada «himoya izlovçilar» maqomi u yerda humanitar, siyosiy yoki xalqaro huquqiy sabablarga köra bölgan xorijliklarga tegişli. 2022 yil oxiriga kelib Germaniyada 2,25 million xorijlik insonparvarlik nuqtayi nazaridan himoyaga muhtoj bölgan.
Ayni paytda 570 ming kişi, jumladan 271 ming ukrainalik uçun 2022 yil oxirida Germaniyada böliş maqomi aniqlaştirilmagan. Öşa paytda Germaniyada boşpana taqdim etiş böyiça rad javobi berilgan 255 ming xorijlik bölgan, bu esa ularni mamlakatni tark etişga majbur qiladi.
Federal statistika boşqarmasining 2022 yil oxiridagi ma’lumotlariga köra, Germaniyada himoya söragan barça çet elliklarning uçdan bir qismi (1,01 million kişi) ukrainaliklardir. Ularning uçdan bir qismini 18 yoşgaça bölgan bolalar va yoşlar, uçdan bir qismini 15 yoşdan 64 yoşgaça bölgan mehnatga layoqatli yoşdagilar taşkil etadi. Himoya söragan Ukraina fuqarolarining qariyb 64 foizi qizlar va ayollardir, deyiladi hisobotda. Taqqoslaş uçun: Germaniyada himoya izlayotgan barça çet elliklar orasida bu körsatkiç pastroq - taxminan 50 foiz.












