18 mart kuni Niderlandiyaning Haaga şahrida joylaşgan Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order bergandi. Köpçilik bu order heç qanday kuçga ega emasligini aytib ötdi. Ammo Xalqaro sudlar iş oçgan heç bir davlat rahbarining oxiri baxayr bölmagan.
Quyida Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi va boşqa sudlar tomonidan insoniyatga qarşi jinoyatda ayblangan davlat rahbarlari eslab ötiladi. Ular orasida musulmonlarni qirişda, arab bölmaganlarni ommaviy öldirişda ayblanganlar, şuningdek Adolf Hitlerning vorisi ham bor. Ayblanganlardan biri esa şeriklarini olib, öz ixtiyori bilan Haagaga yöl olgan.
Umar al-Başir Sudan prezidenti (1993 – 2019 yillar)
Umar al-Başir, Sudanning 1989-2019 yillardagi diktatori — u XJS hibsga olişga order çiqargan dastlabki amaldagi davlat rahbari bölgan. Hozirda uşbu siyosatçi öz vatanida sudni kutmoqda.
Foto: Al Jazeera English
Nimada ayblangan: Başir amalda 1989 yildan buyon Sudanni boşqara boşlagan. Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi 2009 yil uni hibsga olişga order beradi va bu Niderlandiyadagi sud tomonidan amaldagi davlat rahbarlariga çiqarilgan birinçi order edi. U insoniyatga qarşi jinoyat, individual va ommaviy odam öldiriş, noqonuniy deportatsiya, qiynoq, zörlaş, şuningdek, harbiy jinoyatlarda ayblanadi.
Bu ayblovlar 2003 yil Darfurdagi mojaro boşlanişi bilan boğliq edi. Prokurorlarga köra, Başir Sudan ğarbidagi bu hududda arab bölmagan millatlarni ongli ravişda qirgan. Şunday bölsa-da, unga nisbatan qatağon ayblovi qöyilmagan.
Sudanlik harbiy Darfurdagi Xangala qişloği xarobalarida. 2004 yil 27 avgust
Lynsey Addario / Getty Images
Sud ta’qibi: Sudan ham AQŞ, Xitoy va Rossiya kabi Rim statutini imzolamagan davlat bölgani uçun Xalqaro jinoyat sudining mamlakat prezidentini topşiriş sörovini rad etadi. Sudan hukumati pozitsiyasini Arab davlatlari ligasi va Afrika kengaşi qöllab-quvvatlaydi. Ular Xalqaro jinoyat sudini ikki tomonlama standartlar va irqçilikda ayblaydi.
Umar al-Başir uni qölga olişga order berilganiden keyin ham köp marta çet elga çiqqan. Xususan, Xitoy va Rossiyaga borgan, Vladimir Putin bilan körişgan. Bundan taşqari, Başir Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlarga ham borgan, lekin uni hibsga olişmagan.
Mavzuga oid
2019 yilda al-Başir harbiy töntariş natijasida taxtdan ağdariladi. Yangi hukumat uni va boşqa gumondorlarni Xalqaro jinoyat sudiga topşirişga va’da qiladi. Biroq u hozirgaça Sudandagi qamoqxonada qolmoqda.
Muammar Qazzofiy Liviya rahbari (1979 – 2011 yillarda)
Polkovnik mamlakatni 43 yil mobaynida yakka özi boşqargandi. Foto: EAST NEWS
Nimada ayblangan: Qazzofiy, uning öğli va qaynisini hibsga olişga order 2011 yil, Liviyada fuqarolik uruşi avj olgan vaqtda çiqariladi. U insoniyatga qarşi jinoyatda, xususan, uning rejimiga qarşi çiqqan qurolsiz odamlarni ottirişda ayblangan.
Muammar Qazzofiy qöşinlari tomonidan öldirilgan kişi tobutini norozilik aksiyasiga olib çiqqan namoyişçilar. Bengaziya, 2011 yil 25 fevral. Foto: Kuni Takahashi / Getty Images
Sud ta’qibi: Qazzofiy Haaga sudi tomonidan ta’qib qilinişi Ğarb davlatlarida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi. Köpçilik Xalqaro jinoyat sudi Qazzofiyga order beriş orqali uni aniq jinoyatda ayblaşni emas, bosim ötkazib muzokaralarga köndirişni maqsad qilgan deb öylaydi. Prokuror Luis Moreno-Okampo esa Qazzofiyni hibsga olişni talab qiladi. Biroq bu iş amalga oşmaydi, çunki 2011 yil Qazzofiyni öldirişadi. Diktatorning öğli Saif al Islom ham hozirgaça sud qarşisiga olib kelingani yöq va Liviya siyosatiga qaytişga ham ulgurdi.
Loran Gbagbo Kot-dʼIvuar prezidenti (2000 – 2011 yillarda)
Loran Gbagbo, 2019 yil
Foto: XJS / Arxiv
Nimada ayblangandi: Fransiyalik harbiylar va BMT tinçlikparvar kuçlari (ular 2000-yillar örtalaridagi fuqarolik uruşi vaqtida mamlakatga kirgandi) Gbagboni taxtdan ağdarganidan keyin Xalqaro jinoyat sudi unga qarşi ayblov e’lon qiladi. Gbagbo 2010 yilgi prezidentlik saylovlarida mağlubiyatini tan olmaganidan söng, mamlakatda qurolli töqnaşuvlar boşlanib ketgandi. Öşanda uç mingdan ortiq ivuarlik halok böladi. Gbagbo saylovda Xalqaro valuta fondining sobiq iqtisodçisi Allasan Uattaraga mağlub bölgandi. Şu tariqa, Gbagbo insoniyatga qarşi jinoyat, zörlaş va qotillikda ayblangan.
Kot-dʼIvaurdan kelgan qoçqinlar Liberiyaning Tutaun şahrida joylaşgan lagerda. 2011 yil 25 mart
Simon Rawles / Getty Images
Sud ta’qibi: 2011 yil oyida, ya’ni taxtdan ağdarilganidan 1,5 yil ötib u Haagaga olib boriladi. Sud yarim yildan keyin boşlanişi kerak edi, ammo sobiq prezident advokatlarining talabi bilan jarayon qoldiriladi. Ular Gbagbo «yomon şaroitlarda saqlangani uçun» salomatligida köplab muammolar paydo bölganini iddao qilişadi.
Şu tariqa, sud 2016 yilga kelibgina boşlanadi. 2019 yilda esa dalillar yetişmasligi sabab siyosatçi töliq oqlanadi. Ikki yildan keyin apellyatsiya instansiyasi Gbagboning oqlanganini tasdiqlagaç, Kot-dʼIvuarning amaldagi prezidenti Allasan Uattara (u ham öşanda konstitutsiyadagi taqiqqa qaramay uçinçi muddatga saylangandi) sobiq raqibini mamlakatga qaytişga taklif qiladi.
Slobodan Miloşeviç 1991 – 1997 yillarda Serbiya prezidenti, 1997 – 2000 yillarda Yugoslaviya ittifoq respublikasi prezidenti
Nimada ayblangandi: Haaga sudi haqida gapirganda köpçilikning köz öngiga aynan Yugoslaviya sobiq prezidenti Miloşeviç keladi. Unga qarşi Haaga sudi orderi 1999 yilda, u hali davlat rahbari lavozimini egallab turgan vaqtda berilgandi. Ayblov hay’ati 2002 yilda tuziladi. Bolqondagi uruşlarni suriştiriş uçun esa maxsus tribunal ham taşkil qilinadi. Aynan mana şu tribunal öz vaqtida Haaga tribunali deb nom olgan.
Miloşeviç Kosovoda insoniyatga qarşi jinoyat sodir etganlikda, albanlarga qarşi uruş oçişda ayblanadi. Keyinroq unga qarşi Bosniyadagi musulmonlarni qatağon qiliş va uruş urf-odatlarini buziş kabi ayblovlar ham ilgari suriladi.
Serbiya qöşinlari bilan töqnaşuvda öldirilgan kosovolik albanning qarindoşlari uning dafn marosimiga ketişmoqda. Kosovo, Bela Tsrkva, 1999 yil 5 iyul.
David Brauchli / Getty Images
Sud ta’qibi: Miloşeviç ham ommaviy namoyişlar natijasida lavozimidan qulatilganidan keyingina Haaga sudiga olib boriladi. Ukrainada uruş boşlanganidan buyon Kreml propagandaçilari Yugoslaviyadagi voqealar ilk «rangli inqilob» bölganini iddao qilişmoqda. Ammo Rossiyadagi mustaqil naşrlar suriştiruvlariga köra, Putinning özi ham Miloşeviçni ağdarişda iştirok etişga qarşi bölmagan, bu haqda AQŞ prezidenti Bill Klintonga aytgan ham.
Miloşeviç ustidan Haaga sudi 2002 yilda boşlanadi. Miloşeviç özini özi himoya qilişini e’lon qiladi. U sudda Yugoslaviyani ağdariş ortida Germaniya turganini aytadi.
Slobodan Miloşeviç 2006 yil Haagadagi sudlanuvçilar saqlanadigan qamoqxonada, sud hukmi çiqmay vafot etadi. Iş şu tariqa yopiladi, lekin uning ismi boşqa jinoiy işlarda, xususan, «sof serblar davlati» tuziş uçun jinoiy guruh tuziş ayblovi ilgari surilgan işda ham tilga olinadi.
Çarlz Teylor Liberiya prezidenti (1997 – 2003 yillarda)
Liberiyaning sobiq prezidenti Çarlz Teylor (çapda) sud yiğilişida. Foto: Scanpix/Reuters
Nimada ayblangan: 2002 yilda BMT tomonidan Liberiyaga qöşni bölmiş Serra-Leonedagi fuqarolik uruşini (1991 – 2002) suriştiriş uçun maxsus sud tuziladi. Teylorga qarşi ayblov aynan mana şu sud tomonidan çiqariladi. Liberiya prezidenti qöşni davlatdagi olmos koni ustidan nazoratni qölga oliş uçun fuqarolik uruşida qatnaşgan jinoiy guruhlardan birini moliyalaştirişda ayblangan. Unga 15 yoşdan kiçik bolalarni uruşga jalb qiliş kabi ayblovlar ham ilgari surilgan.
Teylorga qöyilgan ayblovlar qatorida u hali Liberiya prezidenti bölmagan vaqtda qilgan işlari ham bor. Öşanda u dala qömondoni bölgan holda mamlakatning katta qismini nazorat qilgan. Teylorga qurol yetkazib berganlar orasida rossiyalik qurol mafiyasi Viktor But ham bölgani aytiladi.
Serra-Leone poytaxti Fritaun şahrining fuqarolik uruşi tugaganidan bir neça oy ötgandagi körinişi. 2003 yil 7 fevral
Natalie Behring-Chisholm / Getty Images
Sud ta’qibi: Teylorga qarşi ayblov u lavozimini tark etişidan bir neça oy avval ilgari suriladi. Köp ötmay ağdarilgan Teylor sudlanadi ham. U öziga qarşi qöyilgan barça ayblovlarni rad etib, qilgan harakatlarini kiçik Jorj Buşning Yaqin Şarqdagi harakatlariga qiyoslaydi. Teylor 1980-yillarda AQŞ Markaziy razvedka byurosi bilan hamkorlik qilganini aytadi. AQŞ hukumati tafsilotlarini oçiqlamagan holda bu faktni tasdiqlagandi.
2012 yilda tribunal Teylorni 50 yillik qamoqqa hukm qiladi. U jazoni Britaniyada ötamoqda.
Husayn Hibriy Çad prezidenti (1982 – 1990 yillar)
Hibriy 2013 yil yozida Senegal poytaxti Dakarda qölga olingan. Foto: AFP
Nimada ayblangan: 1980-yillarda Hibriy Çad prezidenti bölgan holda mamlakatdagi Muammar Qazzofiy tomonidan qöllangan liviyaparast kuçlarga qarşi kuraşgan vaqtda amalga oşirgan harakatlari uçun ayblangan. Unga qarşi insoniyatga qarşi jinoyat, zörlaş, odam öğirlaş, qullar mehnatidan foydalaniş kabi ayblovlar ilgari surilgan. Huquq faollari ma’lumotlariga köra, Hibriy 42 ming odam ölimida aybdor hisoblanadi.
Husayn Hibriy tomonidan amalga oşirilgan davlat töntarişi taşkilotçilari. Çad, Ndjamena, 1982 yil 4 iyun
Philippe Le Tellier / Getty Images
Sud ta’qibi: Husayn Hibriyga qarşi ilk marta 2005 yil ommaviy ravişda inson huquqlarini toptaş ayblovi ilgari suriladi. Bu vaqtda sobiq prezident Senegalda quvğinda edi. Hibriyga qarşi ilk ayblovni Belgiya e’lon qiladi. 2012 yilda BMT Xalqaro sudi Senegaldan Hibriyni sudga topşirişni talab qiladi. Keyingi yil esa u Dakarda qölga olinadi, Afrika kengaşi favqulodda sud taşkil etadi, bu sud uni umrbod qamoq jazosiga hukm qiladi.
Hibriy öziga qarşi ilgari surilgan ayblovlarni ham, sud hukmini ham qabul qilmaydi. U barçasida Çad bir vaqtlar koloniyasi bölgan Fransiyani ayblaydi. U 2021 yil avgustida qamoqxonadaligida koronavirus oqibatida vafot etgan.
Hoşim Taçi Kosovo prezidenti (2016 – 2020 yillarda)
Hoşim Taçi (markazda) Kosovo ozodlik armiyasi bazasidagi matbuot anjumanida. 1999 yil 13 mart. U 2016 yilga kelib Kosovo prezidentiga aylanadi
Nimada ayblangan: Hoşim Taçiga qarşi 2020 yil qisman tan olingan Kosovo respublikasi prezidenti bölib turgan vaqtda harbiy jinoyatlar, qotillik, raqiblarini ta’qib qiliş, qiynoqqa soliş kabi ayblovlar ilgari suriladi. Unga qarşi ayblovlar 1990-yillarda qilgan işlariga aloqador. Taçi bu vaqtda Kosovo mustaqilligi uçun kuraşayotgan ayirmaçilardan biri edi. Unga qarşi ayblovlar Yevropa Ittifoqi talabi bilan Kosovo hukumati tomonidan taşkil etilgan maxsus prokuratura tomonidan ilgari suriladi. Bu prokuraturaga isyonçi kosovoliklarning jinoyatlarini örganiş vazifasi qöyilgandi.
Kosovo ozodlik armiyasi jangçilari vayron bölgan bino oldidan ötişmoqda. 1998 yil 1 noyabr
David Brauchli / Getty Images
Sud ta’qibi: Hoşim Taçi 2020 yil iste’foga çiqib, öz ixtiyori bilan uç nafar şerigi hamrohligida Haagaga boradi. Uning ustidan sud jarayoni 2023 yil aprel oyida boşlanişi kerak. Kosovolik ayirmaçilar odam organlari savdosi bilan şuğullangani aytib kelinadi va Taçiga qarşi ham şu ayblov bölişi haqida gaplar yöq emasdi. Ammo oxirgi ayblovda bu borada band yöq.
Karl Dyonits Germaniya reyxsprezidenti (1945 yil 29 apreldan – 23 maygaça)
Uçinçi reyxning birinçi va ikkinçi (oxirgi) rahbarlari admiral Dyonits va Adolf Hitler Ikkinçi jahon uruşi arafasida
Admiral Karl Dyonits faşistlar Germaniyasi yetakçisi Adolf Hitler 1945 yil 29 aprel kuni öz joniga qasd qilgaç, mamlakatning rasmiy rahbariga aylanadi. U 23 maygaça Germaniya hukumatiga rasman rahbarlik qiladi. Nyurnbergda faşistlarga qarşi işda Karl Dyonits insoniyatga qarşi va harbiy jinoyatlarda ayblanadi. Sud vaqtida u rasman lavozimidan ketgan bölsa-da, amalda Germaniya davlat rahbari edi. Şu tariqa, Hitlerning vorisi Karl Dyonits zamonaviy dunyoda qilgan jinoyati uçun qonun oldida javobgarlikka tortilgan ilk amaldagi davlat rahbari bölgandi.
Nemislar suvosti kemasi hujumiga uçragan Amerikaning Dixie Arrow tankeri. 1942 yil 26 mart
Hulton Archive / Getty Images
Sud ta’qibi: Karl Dyonitsga qarşi asosiy ayblov ikkinçi jahon uruşi davridagi dengiz uruşi qoidalarining buzilişi bilan boğliq bölgan. U avvaliga öziga qöyilgan barça ayblovlar «amerikaliklarning uydirmasi» ekanini iddao qiladi. Lekin keyinroq Uçinçi reyx rahbariyati sudga tortilganidan «köngli tölgani»ni bildiradi. Nyurnberg tribunali Dyonitsni 10 yillik qamoqqa hukm qiladi. U jazoni tölaligiça ötaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi