IIV Kiberxavfsizlik markazi ijtimoiy tarmoqlarda “Tesla” kompaniyasi nomidan foydalanib soxta xabar tarqatilayotgani haqida ogohlantirdi.
Qayd etilişiça, firibgarlar tomonidan tarqatilayotgan xabarlarda Özbekistonda istiqomat qiluvçi aholi TeslaX yangi loyihasi uçun 200 dollar pul tikib, uni 4 ming dollarga aylantirib oliş mumkinligi ta’kidlanadi.
Kiberxavfsizlik markazi bunday mazmundagi xabarlar kelsa, ularga aslo işonmaslik, bu xabarlar yolğon ekanligi haqida ogohlantirgan.
“Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil ma’lumotlarni oliş uçun bizning kanallarimizni kuzatib boring. Tesla kompaniyasiga oid yangiliklardan xabardor böliş uçun uning rasmiy sahifasi bilan tanişib boriş tavsiya etiladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Avvalroq IIV Kiberxavfsizlik markazi Telegramʼdagi turli kanal va guruhlarda tarqalayotgan 5 daqiqada foizsiz 50 mln kredit oliş taklifi firibgarlarning navbatdagi nayrangi ekanidan ogohlantirgandi.
















