Uruş paytida narxlarning keskin kötarilişidan katta daromad olgan yirik xalqaro energetika kompaniyalari bu mablağlarning bir qismini Ukrainaning vayron bölgan energetika infratuzilmasini tiklaş uçun sarflaşi kerak. Bu haqda Politico naşriga bergan intervyusida Ukraina Energetika vazirligi rahbari German Galuşçenko ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Ğarb ham «çeksiz uruş»ning oldini oliş uçun Rossiya energetika mahsulotlarini sotiş böyiça sanksiyalarni çetlab ötişdagi böşliqlarni yopişi kerak.
Kiyev muqobil yadro yoqilğisi bilan ta’minlaşi mumkin, bu bilan qator Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya ta’minotiga qaramlikdan qutulişi mumkin, deya qöşimça qildi Galuşçenko.
28 mart, seşanba kuni Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi energetika vazirlari kengaşida Ukrainaga energiya uskunalari yetkazib beriş va Rossiya atom sanoatiga qarşi yangi sanksiyalar muhokama qilindi. Bu haqda Ukraina Energetika vazirligi rahbari German Galuşçenko xabar berdi.
«Biz buning energiya işlab çiqariş hali ham Rossiya yoqilğisiga boğliq bölgan mamlakatlarga qanday ta’sir qilişini batafsil muhokama qildik, - dedi u. - Ammo bu masalani kötariş va ular (ruslar) yadroviy xavfsizlik bilan amalga oşirgan işidan keyin atom sanoatiga sanksiyalar qöyiş muhim. Tsivilizatsiyalaşgan dunyoga ruslarga Yevropa bozorida joy yöqligi haqida kuçli signal yuboriş kerak».
Bryussel bu taklifni körib çiqişga va’da berdi. «Men Ukrainaning bugungi bosimini olqişlayman va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Rossiyadan gaz va neft, şuningdek, yadro yoqilğisiga qaramlikni kamaytiriş böyiça keyingi qadamlarni qöyişni sörayman. Bugun bu biz uçun muhim çaqiriq böldi, biz buni albatta qabul qilamiz», dedi Yevropa Ittifoqi kengaşiga raislik qilayotgan Şvetsiya energetika vaziri Ebba Buş.

















