Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligi fonida Polşa rasmiylari artilleriya öq-dorilarini işlab çiqarişni rağbatlantiriş niyatida. Boş vazir Mateuş Moravetskiy 29 mart, çorşanba kuni öq-dorilar işlab çiqariş böyiça yangi milliy dasturni amalga oşiriş maqsadida hukumat mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş uçun 2 milliard zlotiy (taxminan 427 million yevro) ajratişini ma’lum qildi.

Bundan taşqari, Polşa hukumati qiymati 12 milliard zlotiy (2,6 milliard yevro) bölgan 800 mingta artilleriya snaryadlariga buyurtma beradi. Moravetskiyning ta’kidlaşiça, Ukrainadagi janglarning sönggi oylari Polşa va uning ğarbiy ittifoqçilariga jang maydonida qança artilleriya öq-dorilari qöllanilganini körsatgan. Uning sözlariga köra, bu raqam Fransiya, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlarining hozirgi işlab çiqariş quvvatlaridan bir neça barobar köpdir.

Polşa hukumati rahbari 155 mm yoki 120 mm artilleriya öq-dorilariga bölgan talab katta ekani sababli zavodlar ularni oson va tez sota olişini ta’kidladi.

Moravetskiy Varşavada hukumat tomonidan qabul qilingan öq-dorilarni işlab çiqariş böyiça milliy dastur 1-2 yilga möljallanganligini ta’kidladi.

Polşa Rossiyaning keng kölamli tajovuzini qaytarişga urinayotgan Ukrainaga Ğarb qurollarini yetkazib berişda muhim ötkaziş punkti rolini öynaydi. Uşbu mojaroning kuçayişidan qörqib, bu NATO davlati qayta qurollaniş dasturini amalga oşirmoqda, deya qayd etadi dpa.