Rossiya 2022 yilda öz harbiylari sonini 500 ming kişiga yetkazdi. 100 mingga yaqin askar «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga qöşildi.

Bloomberg agentligining yozişiça, Rossiya 400 ming harbiy xizmatçining Qurolli kuçlar safiga çaqirilganini rasman tasdiqlagan, biroq bu raqamlarga «Vagner» tarkibidagi 100 mingga yaqin yollanma askar kirmagan. Şu bilan birga, 2022 yil oktabr oyida Rossiya hukumati safarbarlik doirasida armiya 300 ming kişi bilan töldirilgani haqida xabar berdi. 

Qayd etilişiça, rossiyaliklarning safarbar etilişi işçi kuçi yetişmasligi va işsizlikning past darajasiga olib kelgan - 2023 yil yanvar holatiga köra 3,5 foiz. Real iş haqi esa 2022 yilning oktabr-dekabr oylarida oşgan. Bunga vakansiyalarning rezyumelar sonidan oşib ketgani sabab qilib körsatilmoqda. 

Bu sur’atda Rossiyada mehnatga layoqatli aholi miqdori Ukrainadagi yöqotişlar va emigratsiyani hisobga olgan holda 2033 yilgaça 6,5 foizga tuşib ketişi mumkin. 

Öz navbatida Ukrainadagi ruslarning umumiy yöqotişlari haqida rasmiy ma’lumotlar yöq.