Dastlab Andijon şahrida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxs oğirligi 672 gr bölgan bir bölak oltin quymasini Namangan şahrida istiqomat qiluvçi zargarga 40 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida ularning ikkalasi ham uşlandi.
Söngra uşbu zargar buyurtmasiga köra, Olmaliq şahridan oğirligi 613 gr bölgan bir bölak oltin quymasini olib ketayotgan Namangan şahrida yaşovçi fuqaro boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomaşina Çust tumanida töxtatilib, aşyoviy dalil protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Boşqa bir holatda esa Namangan şahrida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxs Pop tumani hududida Angren şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro bilan uçraşib, undan oğirligi 250 gr bölgan 3 ta oltin quymasini sotib olgan vaqtida ularning ikkalasi ham uşlangan.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy bahosi 1 mlrd 124 mln sömlik, jami 1 kg 535 gr oltin quymalari hamda 40 ming AQŞ dollari aşyoviy dalil sifatida olingan.

















