ISW ekspertlarining fikriça, bu çaqiriluvçilar katta ehtimol bilan Ukrainaga yuborilmaydi, biroq ularga Rossiya Mudofaa vazirligi resurslarini sarflaş kerak böladi, bu esa «Kremlni zaxiradagi askarlar va köngillilarni tayyorlaş imkoniyatidan mahrum qiladi».
Rossiya hukumati harbiy xizmatni tugatayotgan va ma’lum darajada jangovar harakatlarda qatnaşişga tayyor bölgan ba’zi askarlarni şartnomalar imzolaşga köndiriş yoki majburlaş orqali uruşga qöşimça kuçlarni jalb qilişga urinişi mumkin, ammo bunday uriniş kutilgan natijani berişi dargumon, deb hisoblaydi ISW.
Avvalroq Rossiya prezidenti bahorgi muddatli harbiy xizmatga çaqiruv töğrisidagi farmonni imzolagandi.
Farmonda qayd etilişiça, butun Rossiya böylab bahorgi çaqiruv doirasida harbiy komissarlar kamida 147 ming rossiyalikni armiyaga yollaşi kerak.
Putin 2022 yil bahorida 134,5 ming fuqaroni harbiy xizmatga çaqirgan edi. 2022 yil kuzida esa 120 ming fuqaro harbiy xizmatga çaqirildi.














