AQŞ ma’lumotlariga köra, Rossiya Pxenyanga rasmiy delegatsiya yuborib, Ukrainada uruş olib boriş uçun zarur bölgan qurol-yaroğ evaziga Şimoliy Koreyadagi rejimga KXDR muntazam ravişda ehtiyoj sezadigan oziq-ovqat mahsulotlari taklif qilmoqçi.
Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi ma’lum qildi, uning sözlariga köra, Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi har qanday kelişuv, jumladan qurol-yaroğ böyiça kelişuv ham BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasi buzilişi hisoblanadi.
AQŞ avval ham KXDRni rossiyalik harbiylar va «Vagner» XHK yollanma askarlari uçun qurol yetkazib berişda ayblagan, Pxenyan esa ayblovni qat’iyan rad etgandi.
Jon Kirbi matbuot anjumanida ma’lum qilişiça, endi AQŞda Moskva va Pxenyan örtasida tuzilişi mumkin bölgan kelişuv haqida yangi ma’lumotlar bor.
«Bizga ma’lum bölişiça, Rossiya Şimoliy Koreyaga delegatsiya yuborib, ularga öq-dorilar evaziga oziq-ovqat taklif etmoqçi», degan u.
Kirbining sözlariga köra, AQŞ voqealar rivoji va kutilayotgan kelişuv jarayonini diqqat bilan kuzatib boradi.
Avvalroq, payşanba kuni AQŞ moliya vazirligi Moskva va Pxenyan örtasidagi muzokaralarda vositaçilik qilgan Slovakiya fuqarosi Aşot Mkrtiçevni qora röyxatga kiritgandi. Vazirlik vakilining tasdiqlaşiça, Mkrtiçev allaqaçon qator kelişuvlar va sotuvlarni taşkillaştirgan, natijada Şimoliy Koreya 2022 yil oxiri va 2023 yil boşida Rossiyaga valuta, fuqarolik samolyotlari, tovarlar va xomaşyo evaziga qurol jönatiş imkoniga ega bölgan.
Rossiya Ğarb tomonidan kiritilgan qat’iy sanksiyalar tufayli Ukrainadagi uruşni davom ettirişga zarur bölgan bölgan qurol va öq-dorilar yetkazib bera oladigan tomonlarni qidirişga majbur. Şu bois, Moskva öziga döstona kayfiyatda bölgan KXDR va Eron kabi mamlakatlarga yordam sörab borgan sari köproq murojaat qilmoqda.


















