Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi Şanxay hamkorlik taşkilotining (ŞHT) muloqot böyiça hamkori maqomini oliş töğrisidagi memorandumni tasdiqladi. 

Saudiya matbuot agentligining xabar berişiça, Vazirlar Mahkamasi yiğilişida qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saud raislik qilgan. 

Saudiya Arabistonining ŞHT a’zosi bölişi XXR raisi Si Jinpingning ötgan yilning dekabr oyida mamlakatga taşrifi çoğida muhokama qilingan edi. Muloqot böyiça hamkor maqomi qirollikka örta muddatli istiqbolda taşkilotga töliq a’zo bölişdan oldingi birinçi qadam hisoblanadi. 

Qaror Saudi Aramco neft va gaz kompaniyasining Xitoyga köp milliard dollarlik sarmoyasini oşiriş haqidagi e’lonidan keyin qabul qilindi. Mamlakat şimoli-şarqida Xitoy bilan hamkorlikda neftni qayta işlaş zavodi va neft-kimyo qöşma korxonasini quriş rejalaştirilgan. 

Hozirgi vaqtda Hindiston, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston ŞHT a’zosi hisoblanadi. Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston kuzatuvçi davlat maqomiga ega, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega. 

2022 yil 16 sentabr kuni Samarqand şahrida bölib ötgan sammitda Misr, Qatar va Saudiya Arabistoni bilan muloqot böyiça şeriklik memorandumi imzolangan, şuningdek, Bahrayn, Quvayt, Maldiv orollari, Myanma va Birlaşgan Arab Amirliklariga muloqot böyiça hamkor maqomini beriş jarayoni işga tuşirilgan edi.