Rostdan ham Saudiya ŞHTga a’zo bölib, bu lagerga ötmoqçimi, yoki Amerikani qörqitib, narxini oşirib, yana AQŞ ittifoqçilari safida qolmoqçimi – buni aytiş qiyin.

Keyingi 80 yilda AQŞ-Saudiya – barqaror ittifoqçilar edi. Ba’zan inqirozlar böldi. Bu munosabatlarda juda katta ziddiyat yaşiringan. Savdo-iqtisodiy hamkorlik juda qalin. Geosiyosiy aloqalar ham ança mustahkam edi. Lekin, bu davlatlarning geomafkuraviy qaraşlari, bir-birini qisman yoki keskin inkor qilardi. Amerikaning geomafkurasi – liberalizm. Saudiyaniki – islomiy konservatizm.

1945 yilda Abdulaziz ol-Saud va prezident Ruzvelt örtasida Kuinsi kemasida tarixiy kelişuvga erişilgan edi: ikki davlat ittifoqçi böladi, AQŞ bu davlatning xavfsizligini ta’minlaşda yordam beradi, içki işlariga aralaşmaydi, Saudiya neft bilan ta’minlaydi, lekin Isroilga qöl kötarmaydi.

Şu kelişuvni 2001 yilda Buş qayta körib çiqiş niyatida böldi. Lekin qölidan kelmadi. Afğoniston va Iroqdan keyin, Saudiya izdan çiqsa, AQŞning özi butun musulmon dunyosi bilan töqnaşişini tuşungandi.

Mana endi, Saudiyaning özi AQŞdan uzoqlaşiş uçun, signal beryapti. Savol – rostanmi? Yoki, bu narxni oşiriş vositasimi? Saudiya rostdan ham AQŞ orbitasidan çiqmoqçimi?

Agar Saudiya özining ittifoqçi arab davlatlari bilan, neft va gazni dollarda emas, boşqa valutalarda sota boşlasa, AQŞ iqtisodiy qudrati yemirila boşlaydi. Dunyoda haqiqatda kuçlar nisbati özgarişi, jiddiy tezlaşadi. Saudiya allaqaçon mintaqaviy emas, global öyinçiga aylanib bölgan. Saudiya – Isroil va boşqa köplab omillar sabab, AQŞdan norozi. Lekin Xitoyga uyğurlar borasida nimadir deya oladimi?

Tabiiy, Saudiya uçun, AQŞ va Xitoy örtasida şakllanadigan munosabatlarda, avvalo Ar-Riyodning milliy manfaatlarini qondiriş birinçi örinda turadi. Jumladan, AQŞ tomonidan valiahd şahzoda Muhammad bin Salmonga bölgan bosimlarni juda oğriqli qabul qildi.

Qolaversa, arab-musulmon köçasini norozi qilib kelayotgan katta masala – Isroil-Falastin mojarosi va bu mojarodagi AQŞning bir yoqlama siyosati. Yaqinda Saudiya Arabistoni Eron bilan yaraşib, Vaşingtonga “mana, siz bizni doim Eron bilan qörqitasiz, biz esa Eron bilan yaraşib ham oldik!” degan mujda yölladi. Yaraşuvga Pekin vositaçilik qilgani, AQŞga ikki baravar yoqmadi. Lekin Vaşington bu norozilikni yaşirişga urinmoqda.

Bir söz bilan aytganda, dunyo geosiyosatida Turkiya prezidenti Erdoğan tomonidan mahorat bilan ijro etilgan “qudratli davlatlar bilan muttasil savdolaşiş va qil ustida geosiyosiy dorvozlik körsatiş” san’ati, endi Saudiya va boşqa davlatlar tomonidan ham takrorlanmoqda.