Özbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi 30 mart — Xalqaro çiqindisiz kun (International Day of Zero Waste) munosabati bilan Özbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida keng jamoatçilik bilan birgalikda yuguriş orqali çiqindilarni saralab yiğiş – «plogging» tadbirlarini ötkazdi.
Toşkent şahrida taşkil etilgan tadbirning tantanali oçiliş marosimida tabiat resurslari vazirining birinçi örinbosari Obidjon Qudratov sözga çiqib, mamlakatda ilk bor tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov taşabbusi bilan ötkazilayotgan uşbu tadbir hududlar ozodaligini ta’minlaşga, jamoatçilikda bu borada daxldorlik hissini uyğotişga xizmat qilişini ta’kidladi.

«Çiqindilar sektori iqlim özgarişi, biologik xilma-xillik nobud bölişi hamda atrof muhit ifloslanişiga sabab bölmoqda. Statistik ma’lumotlarga köra, mamlakat böyiça bir kunda 19-20 ming tonna çiqindi hosil bölmoqda. Çiqindilar turli metallar, şişa idişlar, makulatura, plastik, oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan iborat bölib, ularning faqat 32 foizi qayta işlanmoqda», deydi Obidjon Qudratov Respublika «Zero Waste» aksiyasiga start berar ekan.
Tadbirda vazirlik markaziy apparati, vazirlik huzuridagi Örmon xöjaligi va Gidrometeorlogiya agentliklari, Toşkent şahar boşqarmasi, tizim taşkilotlari, Özbekiston Ekologik partiyasi xodimlari, şuningdek, Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqining Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy ofisi direktori Boris Erg, Global yaşil ösiş instituti (GGGI)ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Aaron Rassel, Fransiya taraqqiyot agentligining Markaziy Osiyo böyiça rahbari Vensan Kopan, «Coca-Cola» kompaniyasining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Serkan Dilek iştirok etdi.


Toşkent şahridagi «Zero Waste» aksiyasi doirasida Mirzo Uluğbek tumani Istiqlol va Maxtumquli köçalari çorrahasida joylaşgan istirohat boğida aksiya iştirokçilari hududdagi plastik butilkalar, alyumin bankalar, makulatura va öramlardan faol tozalandi.




















