Farğona viloyatida 4 ming dona «Tramadol» giyohvandlik vositasi va salkam 10 ming dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy savdosiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Farğona tumanida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs qirğizistonlik tanişlari bilan 4000 dona «Tramadol» giyohvandlik vositasi hamda 5306 dona «Regapen» va 232 dona «Tropikamid» kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini sotib olişga va buning uçun ularga oldindan 1200 dollar yuborib, qolgan pullarni dori vositalarini sotib bölganidan keyin berişga kelişgan.

Qirğizistonlik fuqarolar esa uning buyurtmasini aylanma yöllar orqali Özbekiston hududiga ötkazib bergani aytilmoqda.

Uşbu fuqaro Rişton tumaniga borib, 2800 dona «Tramadol» giyohvandlik vositasini hamda 560 dona «Regapen» va 10 dona «Tropikamid» kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini Qöqon şahrida yaşovçi, 1989 va 1990 yillarda tuğilgan 2 xaridorga 13 mln söm hamda 100 dollarga sotib, Qöqon — Farğona yönalişida harakatlanayotgan vaqtida uşlangan. Undan 600 dona «Tramadol», 50 dona «Tropikamid», 13 mln söm hamda 100 dollar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Şuningdek, undan giyohvandlik vositalarini sotib olgan qöqonlik 2 xaridor ham uşlanib, ulardan ham aşyoviy dalillar tegişli tartibda olib qöyilgan.

Bundan taşqari, narkosavdogarning körsatmasi asosida uning yaşaş xonadonidan tovarning qolgan qismi, ya’ni 600 dona «Tramadol» giyohvandlik vositasi hamda 4746 dona «Regapen», 172 dona «Tropikamid» kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Ötkazilgan tezkor tadbir davomida umumiy bahosi 1,5 mlrd sömni taşkil etuvçi giyohvandlik vositalari musodara qilingan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.