Xalqaro olimpiya qömitasi Ijroiya qömitasi rossiyaliklar va belaruslarga xalqaro musobaqalarda neytral maqomda iştirok etişiga ruxsat berişni taklif qildi. Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi ham şu fikrda.

Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi (MOQA) Ijroiya qömitasi Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Ijroiya qömitasining Rossiya va Belarus sportçilarini xalqaro musobaqalarga neytral maqomda kiritiş böyiça pozitsiyasini qöllab-quvvatladi. MOQA Ijroiya qömitasi Olimpiya harakati va sportçilarning birdamligi manfaatlari yölida işlaşda davom etadi, deyiladi uyuşmaning 31 mart, juma kuni e’lon qilingan bayonotida. 

Şu bilan birga, MOQA ijroiya qömitasi ayrim davlatlar tomonidan Rossiya yoki Belarus pasportiga ega sportçilar iştirokidagi xalqaro musobaqalarga sportçilar kirişini çeklaş haqidagi bayonotlaridan xavotir bildirdi. «Hukumatning boykotga bölgan har qanday çaqiruvi sportning mustaqilligiga töğridan töğri aralaşiş va sportni siyosiylaştirişdir», deb ta’kidladi MOQA. Bunday harakat «milliy olimpiya qömitalarini jahon sport jamoatçiligidan ajratib qöyişga yordam beradi va sportçilarning orzu va intilişlariga bevosita ta’sir qiladi», deyiladi assotsiatsiya bayonotida. 

Hozirda dunyoda 70 dan ortiq uruşlar, qurolli mojarolar yoki inqirozlar mavjud, biroq bu mojarolar va inqirozlardan aziyat çekkan milliy olimpiya qömitalari «Olimpiya qadriyatlarini hurmat qiladilar va öz sportçilariga çeklovlarsiz musobaqalarda qatnaşişlariga ruxsat beradilar», deya qöşimça qildi MOQA. 

28 mart kuni XOQ Ijroiya kengaşi federatsiyalarga belarus va rossiyalik sportçilarning xalqaro musobaqalarda iştirok etişini taqiqlovçi himoya çoralarini bekor qilişni tavsiya etdi. Sportçilarga ruxsat faqat bir qator şartlar bajarilgan taqdirdagina berilişi mumkin. Ular orasida - neytral maqomda çiqiş (bayroq va madhiyasiz) hamda faqat yakkalik musobaqalarida. Bundan taşqari, bu sportçilar Rossiya yoki Belarus armiyasi, uşbu mamlakatlarning kuç tuzilmalari va xavfsizlik idoralari bilan aloqaga ega bölmasligi kerak. 

Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi 1979 yilda taşkil etilgan. Hozirda u XOQ tomonidan tan olingan 200 dan ortiq milliy olimpiya qömitasini birlaştirgan. MOQA 5 ta kontinental uyuşmaga bölingan - Afrika, Yevropa, Osiyo, Okeaniya va Amerika. Fijilik Robin Mitçell 2022 yildan beri MOQA raisi lavozimida işlab kelmoqda. 

Avvalroq Ukraina sportçilariga Rossiya yoki Belarus sportçilariga ruxsat beriladigan musobaqalarda qatnaşiş taqiqlanişi xabar berilgandi. Tegişli qaror Ukraina Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi, deb ma’lum qildi Vazirlar Mahkamasi a’zosi Oleg Nemçinov 30 mart kuni keçqurun umummilliy telemarafon efirida.