Viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, har ikki uçraşuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan vazifalar belgilab olingan.
Jumladan, AQŞning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisi Jonatan Xenik bilan ötkazilgan uçraşuvda viloyat rahbari özaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş imkoniyatlari, şu jumladan, viloyatda xorijiy investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot bergan.

Xususan, viloyat hokimi import sifatida olib kelinayotgan mahsulotlarni mahalliylaştiriş böyiça hududdagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini örnatiş, 20 turdagi noruda foydali qazilmalarning 100 dan ortiq işlab çiqarişga jalb etilmagan konlarini özlaştiriş, barça infratuzilma bilan ta’minlangan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi 260 gektar böş yer maydoniga amerikalik investorlarni jalb etiş borasidagi takliflarni ilgari surgan.
Öz navbatida AQŞ elçisi viloyatning investitsion salohiyatini inobatga olgan holda, amerikalik salohiyatli investorlarni Navoiy viloyatiga jalb qilişda har tomonlama amaliy kömak körsatişga tayyor ekanligini ta’kidlagan.
Germaniya Federativ Respublikasining Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisi Tilo Klinner rahbarligidagi işbilarmonlar delegatsiyasi bilan ötkazilgan uçraşuvda ham ikki mamlakat örtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, xususan, nemis investorlarini Navoiy viloyatiga kengroq jalb etiş masalalari muhokama qilingan. Unda Germaniya iqtisodiyoti vakolatxonasi rahbariyati hamda GFR kapitali evaziga Özbekistonda faoliyat yuritayotgan “BOSCH”, “ABM technik”, “YO’LTEC” kabi önga yaqin yirik kompaniyalar vakillari iştirok etgan.


Normat Tursunov Navoiyda aynan germaniyalik işbilarmonlar bilan boşqa yönalişlar qatorida “yaşil” energetika yönalişida loyihalarni amalga oşiriş, ikki davlat universitetlari örtasida hamkorlik aloqalarini örnatiş, viloyatdagi kasb-hunar maktab va kollejlarida Germaniya tajribasini joriy etiş borasidagi imkoniyatlar haqida töxtalgan. Elçi esa “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida xorijlik sarmoyadorlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan qiziqqan.
Uçraşuvda tomonlar soğliqni saqlaş, axborot texnologiyalari, turizm sohasida ham faol foydalaniş mumkin bölgan imkoniyatlarni muhokama qilişgan.

















