Özbekiston elçixonasida Ispaniya Ta’lim va kasbga öqitiş vazirligi hamda Ta’limni xalqarolaştiriş xizmati (SEPIE) mutasaddilari bilan uçraşuv bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda Özbekiston va Ispaniya örtasida örta maxsus va oliy ta’lim yönalişlarida hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Bölib ötgan muzokaralarda xorij tomoni ispan tilini öqitişni Özbekiston maktablarida, xususan, birinçi galda iqtidorli öquvçilar tahsil olayotgan Prezident maktablarida ikki tilli bölimlar dasturi, çet tili öqituvçilarning yordamçilari dasturi, Ispaniya ta’lim va kasbga öqitiş vazirligining resurs markazlari faoliyatini joriy qiliş orqali hamkorlik aloqalarini yölga qöyişni taklif etdi.
Hozirgi kunda uşbu ta’lim dasturlari Lotin Amerikasi, AQŞ, Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Rossiya va boşqa davlatlar maktablarida keng joriy qilingan.
Ispan tili dasturlari joriy qilingan maktablar boşqa ta’lim muassasalariga nisbatan mavqeyi yuqori bölib, iqtidorli öquvçilarga milliy şahodatnoma bilan birga Ispaniya şahodatnomasi taqdim etiladi. Dasturda iştirok etgan maktablar Ispaniya tili va madaniyati burçaklari va muzeylari bilan ta’minlanadi.
Uşbu yönalişlarda hamkorlik aloqalarini örnatiş masalalarini muhokama qiliş maqsadida joriy yilning 24-27 aprel kunlari Özbekistonga amaliy safar bilan kelayotgan Ispaniya delegatsiyasi dasturidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalar agentligi rahbariyati bilan muzokaralar olib boriş hamda Toşkent va Samarqand şaharlaridagi Prezident maktablari faoliyati bilan tanişiş örin olgan.

















