Qayd qilinişiça, klasterning umumiy yer maydoni 286 gektar. Şundan 147 gektarida ğalla, 122 gektarida paxta yetiştirilmoqda. 45 kişi doimiy iş bilan ta’minlangan. 

Davlat rahbari ekinlar rivojini közdan keçirdi. Ğalla va ğözaning navi, mevali daraxtlar hosildorligi bilan qiziqdi. 

Xorazm viloyati suv taqçil hudud sanaladi. Şuning uçun dehqonçilikda suv tejovçi texnologiyalardan foydalanişga harakat qilinmoqda. Ğalla maydonining bir qismida yomğirlatib suğoriş yölga qöyilgan. Olma köçatlari qadalgan yangi boğ oralariga esa sabzi, piyoz, şolğom kabi qişloq xöjaligi ekinlar ekiş yölga qöyilgan. 

Prezident bunday omilkorlikni boşqalarga ham örgatiş kerakligini ta’kidladi. 

Qayd qilinişiça, Özbekistonda ğalladan böşagan maydonlar takroriy ekin ekiş uçun işsiz aholiga bölib berilmoqda. «Xorazm faxri» uruğçilik klasterida ham 80 nafar aholiga 30 sotixdan sabzavot ekiş uçun yer berilgan. Bu yil yana 26 nafar kişiga yer ajratilişi közda tutilgan. 

Prezident şu yerda qişloq xöjaligi xodimlari, fermer va dehqon xöjaliklari vakillari bilan suhbatlaşdi. Xorazmning tuproğiga mos ekinlar yetiştiriş, qişloq xöjaligini sanoatlaştiriş muhimligi qayd etildi.

Şu bilan Şavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga taşrifi yakunlandi.