Hoşim Taçi uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar böyiça ayblovlarni rad etdi. Kosovo sobiq prezidenti Haagadagi maxsus tribunal oldida çiqiş qildi.

Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçi uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar böyiça ayblovlarni rad etdi. U 3 aprel, duşanba kuni Haagadagi maxsus tribunal oldida nutq sözladi.

«Men ayblov xulosasini tuşunyapman va özimni mutlaqo aybsiz deb bilaman», dedi Taçi.

Gap önta ayblovlar haqida boryapti - 1998-1999 yillarda odamlarni ta’qib qiliş, qotillik, qiynoqlar va zörlik bilan yöq qiliş, deya ta’kidladi Reuters agentligi.

Taçidan taşqari, Kosovo Demokratik partiyasi sobiq raisi Kadri Veseli, parlament sobiq raisi Yakup Krasniçi va Kosovo parlamentidagi eng yirik «Özlikni anglaş» (Vetëvendosje!) partiyasi fraksiyasi sobiq rahbari Rajab Salimiyga ham ayblovlar qöyildi. 

Ularning barçasi 1998-1999 yillardagi uruşda Serbiya armiyasiga qarşi kuraşgan sobiq Kosovo ozodlik armiyasining (KOA) yuqori martabali vakillari edi. 

Xalqaro sudyalar va prokurorlar tomonidan olib borilayotgan sud jarayoni ayblov tomonining bayonotlari bilan boşlandi. Şundan söng himoya tomoni va jabrlanuvçilar kengaşi vakili sözga çiqadi. Kosovodagi harbiy jinoyat işida jami 9 kişi ayblanmoqda. 

Eşituvlar bölib ötgan bino oldida namoyişçilar sobiq prezidentni qöllab-quvvatlaş uçun töplanişdi. 

Taçi maxsus tribunal oldida javob berayotgan birinçi kosovolik yuqori martabali siyosatçidir. 

Hoşim Taçi 2020 yil noyabrida Haagadagi prokurorlar ayblovlar qöyganidan köp ötmay, prezidentlik lavozimini tark etdi. Keyin u hibsga olinib, sudga tortildi. Kamida ikki yil davom etişi kutilayotgan sud jarayonida 300 dan ortiq kişi guvohlik berişi kutilmoqda. 

Kosovodagi uruş natijasida 13 mingdan ortiq odam halok böldi, köplari hali ham bedarak yöqolgan sifatida röyxatda turibdi. Qurolli mojaro NATOning Serbiyaga havo zarbalari berilganidan keyin tugadi. Keyinçalik Kosovo Serbiyadan ajralib çiqdi va bir tomonlama ravişda Belgraddan mustaqilligini e’lon qildi. 

Kosovo böyiça maxsus tribunal 2016 yilda xalqaro hamjamiyat bosimi ostida tuzilgan. Rasmiy ravişda u Kosovo adliya organlarining bir qismidir, ammo undagi barça lavozimlarni faqat çet el sudyalari va prokurorlari egallaydi - jinoiy ta’qib qilişda köproq mustaqillikni ta’minlaş uçun. Tribunal 1998 yil boşidan 2000 yil oxirigaça Kosovoda sodir etilgan uruş jinoyatlari, insoniyatga qarşi jinoyatlar, qiynoqlar va majburiy köçiriş holatlarini tekşirişi kerak.