«Vagner» XHK Baxmut şahri markaziga kirib kelgan. Kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiya va XHK bayroqlarini şahar Radasi xarobalari ustiga örnatgan. Bu bino katta ehtimol bilan Ukraina qurolli kuçlari çekinayotgan vaqtda portlatilgan. Endi Rossiya kuçlari şahar hududining taxminan 70 foizini nazorat qilmoqda. Ammo Ukraina qurolli kuçlari hamon şaharning ğarbiy qismini öz nazoratida saqlab turibdi — bu ta’minot yöliga tutaşgan hududdir. Agar ukrain armiyasi yaqin haftalarda Baxmut atrofida qarşi hujumga ötmasa, şahar butkul boy berilişi mumkin.

Şahar markaziga bayroqlar örnatilgan

«Vagner» XHK mart oyi örtalarida şahar janubida mudofaa çiziğini yorib ötgan. Yollanma jangçilar ikki hafta davomida köça janglari orqali Baxmutka daryosiga parallel harakatlanib, şahar markaziga yetib kelgan (daryoning ikkinçi tomonida ularning artilleriya qismlari joylaşgan).

Şahar Radasi binosi xarobalari (şuningdek, rayon ma’muriy binosi)  aynan qaçon egallangani ma’lum emas.

2 aprel kuni «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning matbuot xizmati yollanma jangçilar Baxmutni egallagani haqida videoyozuv e’lon qildi, videoda Rossiya va XHK bayroqlari kötarilişi aks etgan.

«Yuridik jihatdan u bizniki», dedi Prigojin kamera qarşisida va endilikda duşman faqat «ğarbdagi kvartallarda qolgani»ni aytdi.

Videoda otişmalar ovozlari eşitilmaydi, bu şuni anglatadiki, endilikda Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalari ma’muriyat binolari joylaşgan kvartaldan uzoqqa ketgan.

Ukraina rad etdi, ISW tasdiqladi

Ukraina qömondonligi sönggi yetti oy mobaynida Baxmutni şturm qilayotgan Rossiya qöşini va «Vagner»ning yollanma guruhlari hali şahar ustidan nazorat örnatişdan juda uzoqdaligini ma’lum qildi.

Ukrainlar tanki Baxmutda, 2 aprel. Foto: Getty Images

Ukraina qurolli kuçlari Şarqiy qöşinlar guruhi rasmiysi Sergey Çerevatiyning sözlariga köra, Prigojinning bu safargi bayonoti ham haqiqatga töğri kelmaydi va Baxmut uçun janglar davom etmoqda.