Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida 35 tup manzarali daraxt tunda kesib ketildi
Daraxtkushlarga 151 mln 650 ming so‘m zarar hisoblangan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Tabiat resurslari vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahar “Tabassum” MFY hududida ko‘p yillik tut, eldor qarag‘ayi va boshqa turdagi manzarali daraxtlar tunda noma’lum shaxslar tomonidan kesib tashlangani haqida xabar tarqaldi. Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi holatni tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahar “Tabassum” MFY hududidagi tugallanmagan qurilish binosi oldidagi 35 tup har xil turdagi katta-kichik daraxtlar noqonuniy ravishda kesib tashlangan.
Mazkur holat bo‘yicha o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 151 mln 650 ming so‘m zarar hisoblangan hamda holat yuzasidan rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar huquqiy baho berish uchun Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga taqdim qilingan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qarshidagi daraxtkushlik haqida Ekologik partiyaning Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan berilgan ilk xabarda daraxtlarning soni 35 tup ekani aytilgandi.
Biroq, keyinchalik Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan munosabatda ularning soni negadir 30 tup deb ko‘rsatildi.
Mavzuga oid
15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi
13:05 / 14.04.2025
Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
18:13 / 31.03.2025
Qarshi shahrida o‘zbek-nemis qo‘shma maktabi tashkil etiladi
16:09 / 28.03.2025