Sergeli-8 mavzesida ayol 3 nafar voyaga yetmagan bolasi bilan birga özini 9-qavatdan taşlagan. Natijada ayol va uning beş, tört va bir yoşli farzandlari voqea joyida vafot etgan.
Voqea 2023 yil 3 aprel kuni soat taxminan 19 da Sergeli tumanining 8-mavzesida sodir bölgan.
Boş prokuraturaning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, 27 yoşli A.D. farzandlari, 2018 yilda tuğilgan S.Y. 2019 yilda tuğilgan S.A. va 2022 yilda tuğilgan S.R.ni qasddan öldiriş maqsadida, ularni yotoqxona derazasi oldiga olib borgan. Avval 5 yoşli farzandi S.Y. hamda 4 yoşli S.A.ni 9-qavatdan birin-ketin derazadan taşlab yuborib, söng kiçik farzandi S.R.ni olib, özi bilan birga sakrab, öz joniga qasd qilgan.
Ayol va farzandlari olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

















