XIX asrning 60-yillarida Rossiyaning çegaralari uçta qit’a böylab – Şimoliy Amerikagaça çözilib ketgan, ularni nazorat qiliş oson emasdi. Öşanda Rossiya oldida ikkita – Alyaskani öz nazorati ostida uşlab qoliş yoki Osiyodagi mavqeyini mustahkamlaş tanlovi röbaro‘ böladi. Ruslar ikkinçisini tanlaşadi va bundan 156 yil avval Alyaska AQŞga sotiladi. Bugun köpçilik rossiyaliklar Çor Rossiyasining ana şu qarori notöğri bölganini va Alyaska suvtekinga sotilganini aytadi.
1867 yil 30 mart. Vaşington şahrida Rossiyaning AQŞdagi elçisi boşçiligidagi rus delegatsiyasi va Amerika hukumati örtasida şartnoma imzolanadi.
Şartnomaga köra, Şimoliy Amerikadagi 1,5 mln kilometr kvadrat maydonda joylaşgan ulkan hudud bir neça mln dollar evaziga Rossiyadan AQŞ tasarrufiga ötadi.
Öşanda amerikaliklar ruslarga har bir kilometr kvadrat yer uçun arzimagan sentlarda haq tölaşadi.
Garçi sotib yuborilganiga 150 yildan oşgan bölsa-da, bugun aksariyat rossiyaliklar bir narsani afsus bilan eslaşadi – Rossiya Alyaskani suvtekinga sotib yuborgan.
Alyaskaning qöldan ketganiga afsuslanadiganlar va arzon sotib yuborilgan deydiganlar orasida oddiy fuqarolardan tortib, yuqori lavozimli davlat amaldorlarigaça bor.
Putin va uning yon atrofidagilar ham juda köp marta Alyaskaning sotib yuborilişi haqida fikr bildirişgan va uni qaytarib olib bölmasligini aytişgan.
Alyaskaning ruslar nazoratiga ötişi
Kolumb Amerikani kaşf etganidan söng Ğarbiy Yevropa davlatlari dunyoning turli hududlarini öz nazoratiga oliş uçun raqobat olib borayotgan paytda Rossiya avvaliga Ural, söng Sibirni egallaydi.
Keyingi navbatda ruslar Uzoq Şarqqa quruqlikdan va dengiz orqali ekspeditsiyalar yubora boşlaşadi. Şu taxlitda XVIII asr boşlarigaça Uzoq Şarqning asosiy qismi nazoratga olinadi.
Söng Bering böğozidan ötib Şimoliy Amerikaga ötişadi. 1732 yilda Mixail Gvozdev va Ivan Fedorov boşçiligidagi ekspeditsiya Alyaskaga yetib boradi.
Keyinroq ruslar qit’a içkarisiga kirib borişadi va juda katta hududga ega bölişadi. Öşa paytda ruslar 1,5 mln kvadrat kilometrdan ortiq hududni öz nazoratlariga olişga muvaffaq bölişadi.
Alyaskaga avvaliga rus dengizçilari borgan bölsa, keyinçalik oddiy aholi ham köçib bora boşlaydi. Natijada ruslar tomonidan tiklangan bir qança aholi manzillari paydo böladi.
1799 yilda Rossiya-Amerika kompaniyasi taşkil etiladi va Alyaska şu kompaniya yordamida boşqariladi. Bu kompaniya inglizlarning «Ost-Indiya» kompaniyasi kabi tuzilma bölgan. Öz işlarini mustaqil taşkil etsa ham töğridan töğri Rossiya hukumatiga böysungan.
Mavzuga oid
Alyaskani sotiş rejasi
Masofaning juda uzoqligi va sovuq ob-havo Alyaskani özlaştirişda qiyinçiliklar tuğdirardi. Qolaversa, juda katta hududni nazorat qiliş juda qiyin edi.
Alyaskani sotiş masalasini ilk bor 1853 yilda Şarqiy Sibir general gubernatorligi rahbari graf Nikolay Muravyov-Amurskiy kötarib çiqadi.
Uning fikriga köra Rossiya bir vaqtning özida Alyaskani va Uzoq Şarqdagi yerlarni nazorat qiliş qiyin edi. Şu sababli graf Alyaskani AQŞga sotib yuborib, Uzoq Şarqdagi hududlarni britaniyaliklardan asrab qoliş kerak deb hisoblaydi.
1853 yilda turklar bilan Qrim uruşi boşlanadi. Rossiya özining barça harbiy resurslarini şu uruşga yönaltiradi. Graf bunday şaroitda Rossiya Alyaskani nazoratida uşlab qololmaydi deb hisoblagan.
Öşa paytda britaniyaliklar Şimoliy Amerikada ham ruslarga asosiy raqobatçi bölayotgandi. Ular Kanadaning katta qismini nazorat qilar va töxtovsiz ravişda öz hududini şimolga, Alyaskaga qarab kengaytirib kelayotgandi.
Şu uçun ruslar Alyaskani Britaniyaning asosiy duşmani bölgan AQŞga sotişni reja qilişadi. Şuningdek, AQŞ qit’a şimoli özining asosiy raqobatçisi britaniyaliklar nazoratiga ötib ketmasligi uçun har narsaga tayyor edi.
1860-yillar boşida Britaniya floti Rossiya-Amerika kompaniyasi kemalariga hujum qila boşlaydi. Şundan söng RAK San-Fransiskoda taşkil etilgan Rossiya-Amerika savdo kompaniyasi bilan soxta bitim imzolaydi va öz kemalarini uning tarkibiga ötkazadi.
Şundan söng RAK kemalari Amerika bayroği ostida erkin suza boşlaydi va britaniyaliklarning tajovuzlari töxtaydi. Biroq RAK öz kemalarining erkin suzişi uçun Alyaska va AQŞ örtasidagi eksport-import işlarini Rossiya-Amerika savdo kompaniyasiga topşirişga majbur böladi.
Şundan söng Alyaskaga AQŞlik savdogarlar kirib kela boşlaydi. Tarixçilarning fikriça, ana şu kelişuv Rossiyaning Alyaskadagi mavqeyiga jiddiy zarar yetkazadi.
Alyaskaning sotilişi
Alyaskani sotiş haqidagi ilk rasmiy taklif 1857 yil bahorda Rossiyaning AQŞdagi elçisi baron Eduard Stekl tomonidan bildiriladi. Öşa yili knyaz Konstantin Nikolayeviç (imperator Aleksandr II ning ukasi) Rossiya taşqi işlar vazirligiga xat bilan çiqib, Alyaskani sotiş böyiça AQŞliklar bilan muzokara ötkazişni taklif etadi.
TIV rahbari A. Gorçakov bu taklifni qöllab-quvvatlaydi va Eduard Stekldan amerikaliklarning «köngliga qöl solib köriş»ni söraydi.
Vaşingtondagilar bu masalani muhokama qilişga rozi bölişadi. Biroq Rossiya tomoni savdolarni 1862 yilgaça töxtatib turişga qaror qiladi. Undan keyin AQŞda fuqarolar uruşi boşlanadi va Alyaskani sotib olişi masalasi bir muddat öz ahamiyatini yöqotadi.
1865 yilda fuqarolar uruşida şimol ğalaba qozonadi va AQŞning birligi saqlab qolinadi. Şundan söng Alyaska masalasi yana kun tartibiga çiqadi.
1866 yil 16 dekabr kuni imperator Aleksandr II, uning ukasi knyaz Konstantin, Rossiya moliya va dengiz vazirliklari, Rossiyaning AQŞdagi elçisi Eduard Stekl qatnaşgan yiğilişda Alyaskaning AQŞga sotilişi uzil-kesil tasdiqlanadi.
Alyasakni AQŞga sotgan Aleksandr II
Moliya vazirining taklifi bilan kelişuv summasi 5 mln dollardan kam bölmasligi kerak edi. 1866 yil 22 dekabr kuni imperator Aleksandr II sotiladigan hududning çegaralarini tasdiqlab beradi.
1867 yil mart oyining boşlarida Eduard Stekl Vaşingtonga qaytadi va AQŞ davlat kotibi Uilyam Syuardga Rossiya tomoni savdoga tayyorligini va sotiladigan hududning ölçamini ma’lum qiladi.
AQŞning Alyaskani sotib olmoqçi bölayotgani Amerikada ayrimlar tomonidan tanqid qilinadi. Gazetalarda «bir uyum muz uçun millionlab dollar tölaş, pulni havoga sovuriş bilan teng» degan mazmunda maqolalar e’lon qilinadi.
Rossiyada esa teskarisi böladi. Aksariyat ziyolilar Rossiya imperatori va hukumatini «Qimmatli yerni suvtekinga sotib yuborayotganlikda» ayblab çiqişadi.
1867 yil 18 mart kuni prezident Endryu Jonson rasmiy ravişda AQŞ davlat kotibi Syuardga Rossiya bilan Alyaskaning sotilişi böyiça muzokaralar olib boriş uçun vakolat beradi.
Eduard Stekl va Syuard örtasida ötkazilgan muzokaralarda AQŞ Rossiya tomoni taklif etgan hudud uçun 7,2 mln dollar tölaşiga kelişiladi.
Alyaskaning sotilişi haqidagi şartnomani imzolaş marosimi 1867 yil 30 mart kuni Vaşington şahrida bölib ötadi. Şartnoma matni öşa paytda xalqaro tillar deb tan olingan ingliz va fransuz tillarida yozilgan edi.
Şartnomada uni har ikki davlat rahbari imzolab, parlamentlar ratifikatsiya qilgaç kuçga kirişi haqidagi band bor edi.
1867 yil 3 may kuni imperator Aleksandr II şartnomani imzolaydi. Öşa yili 6 oktyabr kuni Rossiya hukumati senati şartnomani ratifikatsiya qiladi.
Şuningdek, AQŞ tomoni ham şartnomani ratifikatsiya qiladi va şu tariqa Alyaska AQŞ egaligiga ötadi.
Şartnomaga köra AQŞ Alyaskadan taşqari Britaniya Kolumbiyasining ğarbiy qirğoqlarini va Tinç okeanidagi köplab orollar va arxipelaglarni oladi.
Sotilgan hududning umumiy maydoni 1 mln 519 ming kilometr kvadrat edi. AQŞliklar har bir kilometr kvadrat maydon uçun 4 dollar 73 sentdan tölaşadi (1 gektar yer uçun 4,7 sentdan tölanadi).
Alyaska uçun tölov sifatida berilgan çek
Alyaska AQŞliklar uçun juda arzonga tuşadi. Masalan, ular avvalroq XIX asrning boşida dollarning oltinga teng qiymati ança baland bölgan kezlarda Fransiyadan 2,1 mln kilometr kvadrat hududni 15 mln dollarga sotib olişgan.
Öşanda amerikaliklar fransuzlarga har bir gektar yer uçun 7 sentdan (Alyaskadagi yerning bahosidan qariyb ikki barobar köproq) tölaşadi.
Şartnomaning ikkinçi bandiga köra, ulkan yer maydoni bilan birga AQŞga rossiyaliklar tomonidan tiklangan barça inşootlar ham ötadi. AQŞliklar har ehtimolga qarşi Alyaskada saqlangan turli hujjatlardan iborat arxivni ham özlarida saqlab qolişadi.
Alyaskani topşiriş marosimi
Har ikki tomon şartnomani ratifikatsiya qilgaç, 1867 yil 18 oktyabr kuni Alyaskani amerikaliklarga topşiriş marosimi ötkaziladi. AQŞ delegatsiyasi dengiz orqali yetib boradi.
Rossiya tomonidan Alyaskaning topşirilişi haqidagi hujjatni maxsus hukumat komissiyasi komissari kapitan A.Peşçurov imzolaydi. Marosim Alyaskadagi ruslar tomonidan tiklangan Yangi-Arxangelsk şaharçasida gubernatorining uyida ötkaziladi.
Yangi Arxangelsk şahri
Marosim söngida ustunga örnatilgan Rossiya bayroği tuşirilib, örniga AQŞ bayroği kötariladi. Şundan söng ruslar barça ma’muriy binolarni va portlarni amerikaliklarga topşirib çiqib ketişadi. AQŞ Alyaskani nazorat qiliş uçun armiyasi bölinmalarini yuboradi.
1868 yilda Rossiya-Amerika kompaniyasi tugatiladi. Alyaska AQŞga ötgaç yaşovçi ruslarning bir qismi Rossiyaga qaytadi. Boşqalari esa yaşab qoladi.
Keyinçalik ingliz tilida sözlaşuvçilar köpaygandan söng ruslar ular bilan çatişib ketadi va aralaş nikohdan tuğilganlar kreollar deb ataladi.
1917 yildan buyon AQŞda har yil 18 oktyabr Alyaska kuni sifatida nişonlanadi.
Alyaskani topşiriş marosimi
Xazinaga boy hudud
AQŞ Alyaskani sotib olgaç u yerga amerikaliklar köçib bora boşlaydi. Köp ötmay Alyaskadan neft, oltin va boşqa foydali qazilmalarning juda katta konlari topiladi.
Alyaskada ilk oltin konlari 1986 yilda Klondayk daryosiga kelib quyiladigan Bonanza soyida topiladi va juda katta şov-şuvlarga sabab böladi.
Şundan söng bu yerga Kanada va AQŞdan köplab odamlar kelişadi va oltin qazib ola boşlaşadi. Bir neça yilda bu hududga ön minglab odam keladi.
Alyaskadagi oltin qazib oluvçilar
Oltin vasvasasi 10 yildan oşiqroq davom etadi va bu muddat içida Alyaskadan 1000 tonnadan köproq oltin qazib olinadi.
Rossiyalik akademik Vladimir Obruçevning keltirişiça, birgina 1915 yilda amerikaliklar Alyaskadan qazib olingan oltinning hisobidan 200 mln dollar foyda olişgan.
Keyinçalik AQŞliklar Alyaskada şaharlar barpo etişadi. Avtomobil yöllari hamda temiryöl tarmoqlari quriladi. Şu tariqa XIX asrning oxirroqlarida ham ança qoloq bölgan Alyaska XX asrning birinçi yarmida birmunça rivojlanadi.
Alyaska ijaraga berilganmi?
Keyingi yillarda Rossiya ommaviy axborot vositalarida Alyaskaning 99 yilga ijaraga berilganini, AQŞ uni 1966 yilda qaytarib berişi lozimligi haqida tez-tez yozib, gapirib turişadi.
Alyaskaning ijaraga berilgani haqidagi gaplar SSSR davrida bölmagan, asosan ittifoq parçalanib ketgaç urçidi. Biroq bu gaplarda mutlaqo asos yöq. Alyaska AQŞga ijaraga berilmagan. Rossiya imperiyasi tomonidan narxlanib, tomonlarning özaro roziligi va kelişuvi bilan butunlay sotib yuborilgan.
Rossiya şaharlaridan biriga örnatilgan banner
Agar Alyaskaning ijaraga berilgani haqidagi gapda asos bölganda har sohada AQŞliklar bilan raqobat qilişga uringan sovetlar öşa paytlardayoq da’vo bilan çiqişardi.
Bundan taşqari, Rossiya AQŞ bilan şartnomada körsatilgan oltinni olmagan, u «Orkney» barjasida Angliyadan olib ketilayotganda çökib ketgan degan afsona ham mavjud.
Ammo Rossiya davlat arxivida 1868 yilning ikkinçi yarmida Moliya vazirligi tomonidan tuzilgan hujjat mavjud.
Hujjatda yozilişiça, AQŞga berilgan Rossiyaning Şimoliy Amerikadagi mulklari uçun uşbu davlatdan 11 mln 362 ming 481 rubl olingan. Undan 10 mln 972 ming 238 rubl Kursk—Kiyev, Ryazan—Kozlovskaya, Moskva—Ryazan va boşqa temiryöllarni quriş uçun xorijdan turli materiallar sotib olişga sarflangan. Qolgan 390 ming 243 rubl naqd pulda olingan.
Hozirgi Alyaska
AQŞliklar sotib olgandan söng hudud avvaliga Alyaska okrugi deb nomlanadi. 1912 yildan boşlab «Alyaska hududi» deb özgartiriladi. 1959 yil 3 yanvar kuni Alyaskaga ştat maqomi beriladi.
Alyaska bugun
Alyaskaning hududi 1 mln 717 ming 854 kilometr kvadrat bölib, bu yerda hozir 750 ming atrofida aholi bor. Bu yerda aholi ziçligi juda past körsatkiçda bölib, 2 kilometr kvadratga bor-yöği bir kişi töğri keladi.
Alyaskada ilk neft konlari topilganiga 100 yildan oşgan bölsa-da, bu yerda hamon yangidan yangi konlar topilmoqda. Jumladan, 2017 yilda Ispaniya neft kompaniyasi Alyaskada 1,2 milliard barrel neft zaxirasi bölgan yangi yirik kon topganini e’lon qilgandi.
1972 yilda ötkazilgan referendum natijalariga köra Alyaskada maxsus fond tuzilgan. Alaska Permanent Fund Corporation deb ataluvçi bu fondga neft qazib olişdan tuşadigan foydaning bir qismi töplab boriladi va Alyaskaning doimiy aholisiga hissa ajratiladi.
Alyaskada yirik neftoprovod
Bugun Alyaska AQŞda oltin va neft qazib oliş böyiça ikkinçi örinda turadi. AQŞda qazib olinayotgan neftning 20 foizi Alyaska hissasiga töğri keladi. Prudo-Bey neft koni nafaqat AQŞdagi, balki dunyodagi yirik konlardan biri hisoblanadi. AQŞda aniqlangan neft zaxiralarining 8 foizi aynan şu yerda joylaşgan.
Şuningdek, dunyodagi rux zaxirasining 10 foizi Alyaskada. Bundan taşqari, kumuş, qörğoşin va boşqa foydali qazilma boyliklarining juda katta zaxirasi aniqlangan.
Sönggi yillarda Alyaskada sayyohlik rivojlanmoqda. Bu yerga har yili nafaqat AQŞning boşqa hududlaridan, balki dunyoning turli mamlakatlaridan ham millionlab sayyohlar kelmoqda.
Uzoq Şarqdagi Rossiyaga tegişli hududlar huvillab yotganda Alyaska tobora gullab-yaşnamoqda. Xaritada har ikki hududdagi aeroportlar körsatilgan. Rossiya tomonda bor-yöği ikkita aeroport bor. Alyaskada esa ular juda köp.
Ma’lumotlarga köra, Alyaskaning yalpi içki mahsuloti hajmi 40 milliard dollardan oşadi. YaIMni jon boşiga hisoblaganda 60 ming dollardan töğri keladi.
Alyaska haqida qiziqarli ma’lumotlar
Alyaska sözi aleut tilidan tarjima qilinganda «Buyuk yer» degan ma’noni anglatadi;
Rossiya va Alyaska örtasidagi eng qisqa masofa 3,5 kilometrni taşkil etadi. Bering böğozida joylaşgan Ratmanov oroli Rossiyaga, undan biroz narida joylaşgan Diomed oroli esa Alyaskaga tegişli;
Rossiyaga tegişli Ratmanov oroli va Diomid orolini bor yöği 3,5 kilometrlik masofa ajratib turadi.
Alyaska Amerika qit’asi şimolida joylaşgani uçun u yerda yilning asosiy qismida sovuq havo hukmronlik qiladi. 1971 yilda bu yerda - 62 daraja sovuq qayd etilgan;
Alyaskaning ma’muriy markazi Juna şahriga quruqlikdan yöl yöq. Unga faqat dengiz va havo orqali yetib boriş mumkin;
Alyaskada 3 milliondan oşiqroq köl, yuz mingdan oşiq muzlik, uç mingdan oşiq daryo, 70 ga yaqin harakatdagi vulqon bor;
Alyaska hududidan 1 300 kilometr uzunlikdagi yirik neft quvuri ötgan. U Şimoliy muz okeaniga yaqin hududdan boşlanib, Alyaska böğozidagi portlargaça boradi. Bu quvurdan soatiga 10,5 ming kubometr neft ötadi;
Alyaska aholisi 22 ta tilda gaplaşadi. Ular orasida hindularning atapaski, xayda, tlinkit, simşian, eskimos va aleut qabilalari sözlaşadigan tillar ham bor;
Alyaskani uç tomondan Şimoliy muz okeani va Tinç okeani suvlari örab turadi;
Alyaskaning bayroği dizaynini 13 yoşli bola öylab topgan. Unda töq kök rang fonida Katta Ayiq yulduzlar turkumi va Qutb yulduzi tasvirlangan.
Alyaska bayroği. Unda Katta Ayiq yulduzlar turkumi va Qutb yulduzi tasvirlangan