Yevropaning 31 mamlakati huquq-tartibot idoralari xodimlari iştirokida Ruminiya va Bolgariya boşçiligidagi politsiya operatsiyasi doirasida 2023 yil fevralida öqotar qurollarning noqonuniy savdosida gumon qilingan 22 kişi hibsga olingan, deb ma’lum qildi Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati Yevropol 3 aprel, duşanba kuni.

Politsiya jami 143 ta tintuv ötkazdi, 129 ta öqotar qurol, 1492 ta maxsus qurol, 24 000 dan ortiq öq-dorilar, 6 ta granata, 276 kg dinamit va 21 kgdan ortiq porox musodara qildi, deya xabar beradi Yevropol.

Aksariyat hollarda gumonlanuvçilar maxsus va öqotar bölmagan qurollarni Turkiyada sotib olgan, şundan söng ularni Yevropa Ittifoqiga olib kirgan hamda qonuniy ravişda Bolgariya va Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlarida sotuvga qöygan. Keyin sotib olingan maxsus qurollar jangovar qurollarga aylantirilgan va noqonuniy kanallar orqali tarqatilgan, deya sxemani tasvirlaydi Yevropol. Politsiya operatsiyasi şu yilning fevral oyida gumondorlarni hibsga oliş bilan yakunlandi.

Iyul oyida Yevropol jinoiy guruhlar Ukrainadan Yevropa Ittifoqiga «katta miqdorda öqotar qurol va öq-dorilarni» kontrabanda yöli bilan olib kirişi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Yevropol Ukrainani öqotar qurollar bilan tark etişga uriniş holatlari haqida xabar berdi. Politsiya xizmati Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan çegarasida kontrabanda uçun yaşirin joylar taşkil etilganini ham taxmin qilmoqda.