Quddusda Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil huquq-tartibot kuçlari örtasida töqnaşuvlar yuz berdi. 5 aprel, çorşanba kuni AP agentligi xabar berişiça, falastinlik ösmirlar isroilliklarga toş va petardalar otişni boşlagan, politsiya şovqinli granatalar bilan javob bergan. Tartibsizliklarga sabab politsiyaning masjiddan pirotexnika vositalari, tayoq va toşlar olib kelgan bir guruh yoşlarni haydab çiqariş operatsiyasi bölgan.

HAMAS harakati Ğarbiy sohildagi yoşlarni Al-Aqso masjidi himoyasi uçun harakat qilişga çaqirdi. Ğazo sektoridagi harakat Isroil janubiga raketa hujumi uyuştirdi, Isroil bunga havo hujumi bilan javob qaytardi.

Keskinlikning yangi bosqiçi Ramazon oyiga töğri keldi, Isroil xalqi esa, öz navbatida, Pesax bayramini nişonlaşga tayyorgarlik körmoqda.

Isroil politsiyasi masjid içida pirotexnika portlagani va u yerga töplanganlar tomonidan otilgan toşlar aks etgan videotasvirlarni tarqatdi. Yana bir kadrda qalqon kötargan politsiyaçilarning masjid böylab yurganini köriş mumkin. Kadrlarda masjidning tösiq bilan öralgan eşigi va polga pirotexnika qutilari qöyilgani, söng politsiya kamida beş kişini qöli kişanlangan holda köçaga olib çiqqani tasvirlangan.

Keyinroq Isroil politsiyasi 350 dan ortiq odamni hibsga olganini ma’lum qildi, deb xabar beradi AFP axborot agentligi.

2022 yil dekabr oyi oxirida Isroilning yangi hukumati qasamyod qildi. Bir yarim yillik muxolifatdan söng vazirlar mahkamasi rahbari lavozimiga qaytgan boş vazir Benyamin Netanyaxu vazirlar mahkamasining 33 nafar a’zosini, jumladan, öng qanot millatçi koalitsiyadan ham taqdim etdi. Ekspertlar fikriça, bu Isroil tarixidagi eng öng kayfiyatdagi hukumat. Birinçi marta uning tarkibiga öng qanot ekstremistlar va jinoiy javobgarlikka ega bölgan odamlar kirgan.

Yangi hukumat bosib olingan Ğarbiy sohilda aholi punktlarini kengaytiriş siyosatini olib boriş niyatini e’lon qildi.

28 yanvar kuni YeI rasmiylari Isroil va Falastin tomonini «vaziyatni yumşatiş va kelajakda zöravonlik harakatlarini oldini oliş uçun zarur bölgan xavfsizlikni muvofiqlaştirişni qayta boşlaş uçun qöldan kelgan işni qilişga» çaqirdi.

Isroil 1967 yilda Ğarbiy sohil va Şarqiy Quddus ustidan harbiy nazorat örnatdi. Bugungi kunda u yerda 600 mingdan ortiq yahudiy köçmançilar istiqomat qiladi. Falastinliklar bu hududlarda poytaxti Şarqiy Quddus bölgan mustaqil davlat yaratmoqçi.