Hamas harakatining ma’lum qilişiça, Falastin yerlarini bosib olgan fanatik yahudiylar bilan birga Al-Aqso masjidiga reyd uyuştirgan isroillik vazirlar olovga moy sepmoqda.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir hamda Najaf va Jalila taraqqiyot vaziri Itsxak Vasserlauf hamda Isroil parlamentining ba’zi a’zolari fanatik yahudiylar bilan birga Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirişi ortidan Hamas yozma bayonot berdi.
«Ben-Gvir va Vasserlauf tomonidan bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga namozxonlar haydab çiqarilgandan keyin isroillik guruhlar boşçiligida bostirib kirilişi va ularning provokatsion safarlari Falastin xalqiga, ularning yerlariga qilingan hujumning davomidir. Bu butun dunyo musulmonlarining his-tuyğulariga qarşi provokatsiya», - deyiladi Hamas bayonotida.
Xabarda «hokimiyatni egallab olgan isroilliklar öz reydlarini bir neça bor yahudiylarning bayramlariga töğrilagani» ta’kidlanib, Talmud marosimlari va Al-Aqso hovlisida bayroqlarning osilişi uni yahudiylaştiriş uçun yetarli bölmasligi aytiladi.
Ğazo, Ğarbiy sohil va Quddusdagi voqealar bilan boğliq bayonotda quyidagilar bildirilgan:
«Ğazoda davom etayotgan qirğinlar, Ğarbiy sohildagi qotilliklar, tizimli qonunbuzarliklar hamda Quddus va Al-Aqso masjidini yahudiylaştirişga urinişlar mintaqadagi olovga moy sepib, mintaqaviy va xalqaro tinçlikka bevosita tahdid solmoqda».
Hamas xalqaro hamjamiyat va Birlaşgan Millatlar Taşkilotini «Isroilni tiyib turiş hamda jinoyatlari uçun javobgarlikka tortiş» uçun jiddiy pozitsiyani egallaşga çaqirdi.
Bir kun avval Isroil vazirlari Ben-Gvir va Vasserlauf, şuningdek, Isroil parlamentining bir guruh a’zolari Isroil politsiyasi himoyasi ostida Al-Aqsoda reyd ötkazdi.
Reyd davomida Al-Aqsodan tarqatilgan videomurojaatda Ben-Gvir şunday dedi: «Boşqaruv va suverenitet bilan boğliq muhim özgarişlar röy bermoqda. Bu yerda yahudiylarni köriş mumkin. Avval aytganimdek, bizning siyosatimiz (yahudiylarning) bu yerda marosimlar ötkazişiga ruxsat berişdir».


















