Antara agentligi xabariga köra, Indoneziya politsiyasining aksilterror otryadi ijtimoiy tarmoqlarda terrorçilik tarğibotini tarqatganlikda gumonlab, tört nafar Özbekiston fuqarosini hibsga olgan. 

Agentlik ma’lumotlariga köra, ular fevral oyida Istanbuldan Indoneziyaga Birlaşgan Arab Amirliklari va Malayziya orqali tranzit yönalişda kelgan. Ularning eng kiçigi 26 yoşda, uç nafari - 28 yoşdan 40 yoşgaça. 

Dastlabki tergovga köra, ulardan uç nafari Suriyada faoliyat yuritayotgan xalqaro terrorçilik taşkiloti tarkibiga kiradi. Yana bir özbekistonlik ularga moddiy yordam körsatib, soxta hujjatlar taqdim etgan. 

Qölga olinganlardan biri taşkilot direktori bölib, Özbekistondan Turkiyaga jönab ketgan. Turkiyada bölganida radikal taşviqotni tarqatiş bilan şuğullangan. Şundan söng u Suriyadagi lagerga jönatilgan. 

«Hozirda Özbekiston Içki işlar vazirligi unga nisbatan jinoiy iş qözğatgan», — deyiladi Indoneziya politsiyasi xabarida.