Unda taniqli san’atkorlar, turli soha faollari iştirok etdi. Şoir Muhammad Ismoil tadbir iştirokçilari oldida nutq sözlab, konstitutsiyada intellektual mulk huquqi alohida qayd etilayotganini ta’kidladi.

“Bir qança dardlarim bugungi kunda Konstitutsiyaga kiritildi. Bu dardlar nima? Mening 200 ga yaqin qöşiqlarim (qöşiq bölgan şe’rlar), 15 ga yaqin kinoasarlarim, 100 ming nusxada çiqqan kitoblarim bor. Ammo 30 yilki, biror marta ularga qalam haqi olmaganman. Endi mening intellektual huquqim konstitutsiyaning 53-moddasida belgilanib qöyilmoqda. Bundan bağoyatda xursandman. 

Nafaqat men, balki Oşiq Erkin degan şoirning ham köplab şe’rlari qöşiq bölgan. Ammo özlari 80 yoşda ham bir xonali uyda yaşardi. Çunki u kişiga qalam haqi tölanmagan. Uning mualliflik huquqi heç qaçon himoya qilinmagan. Şuningdek, zör adibimiz — Şukur Xolmirzayev 70 yoşdan ötsa ham bir kapada yaşab ötdi. Uning ustiga hatto şifer ham qöyolmagan. Lekin u özbekning faxri, iftixori edi. 

Buyuk adibimiz Said Ahmad ham uç tomlik asariga bor-yöği uç “paçka” sigaret olardi. Çunki mualliflik huquqi heç qayerda belgilanmagandi. Endi bu konstitutsiyamizda kimning intellektual mulki himoya qilinişi qayd etilmoqda. 

Buyuk şoiramiz Xalima Xudoyberdiyeva 24 yil uy qamoğida ötirdi. 24 yil televideniyega çiqmadi. Bugun mana şunday ajoyib zamonlar keldi”, — dedi şoir Muhammad Ismoil.

Şoir tadbir iştirokçilarini 30 apreldagi referendumda faol iştirok etişga, jamoatçilikni konstitutsiya islohotlariga befarq bölmaslikka çaqirdi.

Tarğibot tadbirlari respublika hududlari böylab davom etmoqda.